"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tili oyligi tadbirlari samarali o‘tkazildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligini nishonlash maqsadida alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, “Davlat tili oyligi” e’lon qilindi. Ushbu oylik doirasia ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, seminar treninglar, tizim tashkilotlari va hududiy filiallarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risdagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringi o‘tkazildi, aniqlangan kamchiliklar joyida barataraf etildi, ish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Bu boradagi asosiy tadbirlardan biri Agentlik Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi majlisining O‘zbek tili bayramiga kuniga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi bщldi va Agentlik tizimida ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi, bayramni o‘tkazish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha takliflar berildi, rejalar belgilab olindi, mas’ullar belgilandi, chora tadbirlardagi barcha ko‘zda tutilgan ishlar tizimli va samarali amalga oshirilishi nazoart qilib borildi.

Xodimlar vatanga muhabbat, davlat tiliga bo‘lgan sadoqatini o‘zlarining ijodkorligi bilan namoyon etishlarini keng imkoniyat yaratildi va har bir tizim tashkilotlari va ularning hududiy filiallari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda #onatilimfaxrim shiori ostida 30ga yaqin xeshteglar, “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” shiori ostida 20ga yaqin chellenjlar tashkil etib, tizimda davlat tilida ish yuritishni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida 5ta videorolik yaratdilar.

Shu o‘rinda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti tomonidan tayyorlangan  kitoblarni Agentlik xodimlariga tanishtirish bo‘yicha kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “So‘z xiyoboni”, “Xalqaro terminelementlarning izohli lug‘ati”, “Harbiy atamalarning yangi izohli lug‘ati”, “Yuridik terminlarining ruscha-o‘zbekcha lug‘ati”, “O‘zbek tili me’yorlari (punktuatsiya)”, “O‘zbek tili bank-moliya terminlarining izohli-illustrativ ruscha-o‘zbekcha lug‘ati”, “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati” kabi kitoblar tanishtirildi.

Kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini qiziqarli tashkil etish, xodimlar til bayramidan farzandlariga esdalik sifatida kitob sovg‘a qilishlarini tashkil etish maqsadida Agentlik binosida markaziy apparat, tizim tashkilotlari xodimlari va ularning farzandlari uchun “Kitob mening do‘stim” shiori ostida kitob savdosi tashkil qilindi, O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblardan sotib oldilar hamda farzandlariga ham kitoblar sovg‘a qildilar.

Oylik doirasida ishni tashkil qilishning uslubiy jihatlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy filiallarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ullari, matbuot kotiblari uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risdagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar masalalariga, shuningdek, publikatsion faollikni oshirish, davlat tili targ‘ibi masalalarig alohida e’tibor qaratish, kiyinish madaniyati, jamoviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi.

Bundan tashqari, til oyligida belgilangan tadbirlar qatoridan o‘rin olgan “Til-tur” shoiri ostida ham tadbirlar o‘tkazildi. Unda agentlikning 5 ta tizim tashkiloti,  Samarqand, Jizzax, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod, Nukus hududiy filiallarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha faoliyatlari o‘rganildi, tegishli xulosalar qilindi, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Agentlik, tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida diktantlar tanlovi o‘tkazildi, filolog mutaxassis tomonidan diktantlar tekshirilib, natijalar e’lon qilindi. Natijalar bo‘yicha xodimlar uchun lotin alifbosi va davlat tilini o‘rganishlari uchun qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etish ishlari olib borish yuzasidan taklif kiritildi. Xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan diktantda “O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi” davlat korxonasi xodimi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlarini akkreditatsiyasi bo‘limi mutaxassisi Abdusalomova Dildora Odil qizi yaxshi yozgan deb topildi.

Standartlar institutida xalqaro standartlarning davlat tiliga tarjima qilish sifatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tarjima qilinayotgan standartlarning sifati, ularda atamalardan o‘rinli foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.  Shuningdek, soha atamalarining izohli lug‘at tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, lug‘at tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi, lug‘atning 325 betlik dastlabki varianti tayyor bo‘ldi. Bugungi kunda xalqaro atamalar bilan qiyoslash ishlari olib borilmoqda.

Oylik doirasida o‘tkazilgan muhim tadbirlar sirasiga “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida Agentlik, tizim tashkilotlari va  hududiy filiallarda tilshunos olimlar, taniqli san’at va madaniyat xodimlari, iqtidorli yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan 22ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kiritishimiz mumkin. Bunda Markaziy apparat va Jizzax viloyati hududiy filiallarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Qahramonlari bilan uchrashuvlar xodimlarga alohida ma’naviy ruh hadya etdi. Shuningdek, tilshunos olimlar, taniqli aktyorlar, ibratli oilalar vakillari, iqtidorli yoshlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari va boshqa taniqli shaxslar bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar ham xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi yo‘lga qo‘ygan tizim tashkiloti sifatida “Eng yaxshi tizim tashkiloti” etib “O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi jamoasi belgilandi. 2-o‘rinni «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat korxonasi («UzTest» DK) egalladi. 3-o‘rinni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti Jizzax viloyati hududiy filiali egalladi.

O‘zbek tilida davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan til masalalari, agentlik va tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida Agentlik, tizim tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlarida, respublika OAVlarda chiqishlar qilindi, maqolalar nashr qilindi. Har bir tadbir haqida xabarlar, maqolalar OAVda keng yoritildi.

Agentlik, tizim tashkilotlari va hududiy filiallar xodimlari bilan Adabiyot muzeyi, Adiblar xiyoboni va viloyatlardagi muzeylarga ekskursiyalar uyushtirildi. Huddi shunday uchrashuvlaridan eng diqqatga sazovori "Adiblar xiyoboni"da Agentlik tizim tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan taniqli adib Isajon Sulton ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Taniqli yozuvchi Isajon Sulton bilan “Adiblar xiyoboni”da davra suhbati tashkil etildi. Ijodiy uchrashuvda ijodkorning hayot yo‘li haqidagi hikoyalar, badiiy voqeyliklar tinglandi. Badiiy manzaralarga boy bo‘lgan uchrashuvda yozuvchi “Adiblar xiyoboni”dan o‘rin olgan o‘zbek adabiyoti yorqin vakillarining hayoti va ijodi xususida so‘z yuritib, o‘zbek tili rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlarning fidokorona mehnatlarini alohida e’tirof etdi. Qizg‘in suhbat davomida xodimlar ulkan taassurotlarga ega bo‘lib qaytdilar.

Bayram munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash ishlarida faol qatnashgan Agentlik rahbariyati, tizim tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tili masalalari Departamenti tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

Naibaxon Mamadalieva,

Bosh direktor maslahatchisi

05.11.2021 3282