"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • Jizzax shahridagi tashqi reklama vositalarida davlat tili meʼyorlariga amal qilinishi yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda

Jizzax shahridagi tashqi reklama vositalarida davlat tili meʼyorlariga amal qilinishi yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda

Jizzax shahridagi "Markaziy dehqon bozori", "Eski shahar dehqon bozori", "Eski shahar buyum bozori ", Islom Karimov, Mustaqillik, Sharof  Rashidov shoh ko‘chalaridagi tashqi reklamalar, jumladan peshlavha va boshqa axborot matnlarining "Davlat tili haqida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga mosligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-оktabrdagi  "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5850-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-son qarori, Jizzax shahar hokimining 2021-yil 18-fevraldagi 23-f-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi,  Jizzah shahar moliya bo‘limi xodimlari va Jizzax shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini  ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. 176 ta o‘rganishlar natijasida 142 ta holatda qonun buzilish holatlari kuzatildi.

Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida jami 36 ta holatda xorijiy tillarda va xato yozilgan tashqi yozuvlarni tuzatishga erishildi.

 

S.Donishev

Jizzax shahar hokimining 

davlat tili bo‘yicha maslahatchisi v.v.b

10.11.2021 3944