"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Madhiya – milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli

Ona Vatanni sevgan, yurtga o‘zini daxldor deb bilgan har bir kishi madhiyamiz zalvorini his qiladi. Insonda ona Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, iftihor kabi tuyg‘ularni shakllanishida ham milliy madhiyamizning o‘rni va nufuzi beqiyosdir.

O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, “Serquyosh” so‘zi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Chunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-eʼtibori, hech kimdan kam bo‘lmay, kelajakka qatʼiy ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizning azmu shijoati aks etgan. Madhiyamizning chuqur maʼnoga ega bo‘lgan har bir satri, ohangi, ona-Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik, ertamizga ulkan ishonch hissini jo‘sh urdiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasida “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzusida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ijro apparati xodimlari va tizim tashkilotlarining ishchi-xizmatchilari videokonferens aloqa tizimi orqali ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Davlat madhiyasi ijro qilindi. So‘ng Qo‘mita raisining maslahatchisi Qahramon Kamolovning Davlat madhiyasini yaratilishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq mavzudagi qiziqarli maʼruzasi tinglandi. Qo‘mita bosh yuriskonsulti Madina Mirvakulova tadbir ishtirokchilariga Davlat madhiyasining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ahamiyatini tushuntirib berdi. Tadbir davomida qo‘mita ijro apparatining xodimlari Ulug‘bek Abdullayev, Tamara Kim va Nodir Islomovlar ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir doirasida viktorina ham tashkil etildi, unda xodimlarning Davlat madhiyasi va boshqa Davlat ramzlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, tizim xodimlari o‘rtasida Davlat madhiyasini kuylash va targ‘ibot-tashviqot qilishga bag‘ishlangan #g‘ururimmadhiyam, #madhiyakuni, #faxrimmadhiyam xeshtegi uyushtirildi.



Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati

12.12.2021 3287