"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

TADBIRKORLARGA DAVLAT TILIDA ISH YURITISHGA KO‘MAK KO‘RSATILADI

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkiloti – “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTEST markazi) davlat muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida monitoring o‘tkazildi.


2021-yil may oyida UzTEST markazida ushbu yo‘nalishda monitoring ishlari olib borilib, qator kamchiliklar aniqlangan va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan edi. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, UzTEST markazida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritishga to‘liq o‘tilgan. Tashkilot, bo‘limlar, laboratoriyalarning nomlari, peshlavhalar, e’lonlar, shuningdek idoraviy ish qog‘ozlar, turli blanklarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha belgilangan topshiriq ijrosi ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan UzTEST markazida “Ma’naviyat-ma’rifat xonasi” va idoraviy kutubxona tashkil etilgan. UzTEST markaziga kirish joyida murojaatchilar uchun ham alohida “Ma’naviyat burchagi” tashkil etilgan bo‘lib, gazeta va jurnallar, qiziqarli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Markaz xodimlari kiyinish madaniyatiga rioya qilgan holda xizmat vazifasini bajaryapti.

Monitoring jarayonida markaz rahbariyati, sertifikatlashtirish organlari rahbar va xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi. 2023-yil 1-yanvardan davlat tilida ish yuritish to‘liq lotin alifbosiga o‘tilishi munosabati bilan xodimlarning lotin alifbosida ish yuritishga o‘rganishlari bo‘yicha ishlarni jadallashtirilishi, lotin alifbosida ishlashga qiynalayotgan katta avlod vakillari bilan tizimli ishlar olib borish, qo‘shimcha onlayn va offlayn o‘quv kurslarini tashkil etish, yoshlarni katta avlod bilan lotin alifbosida ish yuritishlariga amaliy yordam berishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti tomonidan nashr qilingan “Davlat tilida ish yuritish” nomli 10 dona kitob foydalanish uchun sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi o‘rtasida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2022-yil uchun “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar asosan markazning hududiy filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar hisobidan ma’lumot topshirilayotgani ko‘rsatib o‘tildi va xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish, madaniy hordiq chiqarishlarini va respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamnafas bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida markaz Markaziy apparati, sertifikatlashtirish organlari xodimlari uchun ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Markaz kutubxonasi uchun ijtimoiy-siyosiy mavzudagi adabiyotlar sovg‘a qilindi.

2021-yil davomida markazning hududiy filiallaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari asosida markazning hududiy filiallarida davlat tilida ish yuritishga to‘liq o‘tilgan bo‘lsa ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va idoraviy kutubxonalar bo‘yicha e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi. Lekin, ta’kidlash lozim, 2022-yil 1-choragida Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahri, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy filiallar avvalgi monitoringda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishgani guvohi bo‘lindi. Oxirgi uch oy davomida markaz va uning hududiy filiallari xodimlarining publikatsion faolligi ham nisbatan oshgan, respublika va hududiy gazetalarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha maqolalari nashr qilingan, har hafta “Toshkent” telekanali orqali beriladigan “Sifat belgisi” ko‘rsatuvida mahsulotlarning tamg‘alanishi davlat tilida berilishiga alohida e’tibor qaratilishi haqida qonunchilikda belgilangan tartibda tushuntirishlar muntazam ravishda berib boriladi. Xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan har juma kuni davlat xizmatchilari uchun maxsus ma’rifiy-siyosiy o‘quv soatida hududiy filiallar rahbarlari muntazam ravishda qatnashadilar.

Markaz rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatda rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ham O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilganlik nuqtai nazardan o‘rganish natijalari haqida ma’lumot berildi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar lotin alifbosida yuritilsa ham, rasmiy veb-saytni lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida yuritish, ma’naviy-ma’rifiy masalalar va davlat tilida ish yuritilishi yuzasidan ma’lumotlar berilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Markaz tomonidan tadbirkorlarga ish yuritish hujjatlarini davlat tilida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi bo‘yicha maslahat va amaliy yordam ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Lekin tadbirkorlar bilan ishlash jarayonida ular tomonidan nafaqat sinov bayonnomalari bo‘yicha, balki Agentlikning barcha davlat tilida yaratilgan e-metrologiya, e-standart, e-akkreditatsiya axborot tizimlari bo‘yicha ham savollar berilishi, maslahatlar so‘ralishini va ushbu savollarga barcha mutaxassislar tegishli tartibda javob berishlarini ta’minlash maqsadida Markaz rahbariyati tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyat olib boradigan xodimlar Agentlikning davlat tilidagi barcha axborot tizimlarini o‘rganishlari maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif bildirildi.

Markaz ilmiy-innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va startap loyihalari tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy jamoatchilik bilan hamkorlik qilish masalalari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion riovjlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinayotgan tanlovlarda ilmiy va startap loyihalari bilan ishtirok etish hamda ilmiy hamkorlikni yanada jadallashtirish vazifalari qo‘yildi, ya’ni Agentlikning AKT boshqarmasi, Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi bilan hamkorlikda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 65-tur tanlovida e’lon qilingan “Sud ekspertizalarini bajarish jarayonida nooziq-ovqat tovarlar sifatini aniqlash bo‘yicha elektron dastur yaratish” mavzusi bo‘yicha amaliy loyihalar tanlovi va e’lon qilinayotgan boshqa tanlovlarda ishtirok etishlari maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.


Naibaxon Mamadaliyeva,

Bosh direktor maslahatchisi,

filologiya fanlari doktori, professor

 

30.04.2022 3217