"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda…


Tashqi reklamalar, ko‘chadagi yozuvlar barcha kishilarga dars beradi, yo‘l ko‘rsatadi, madaniyat va maʼnaviyatni ifodalovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori talablari doirasida Qarshi shahrida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlati tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini taʼminlash masalalar bo‘yicha  maslahatchisi Ziyoda Aminova, Qarshi shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlati tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini taʼminlash masalalari bo‘yicha  maslahatchisi Orasta Tosheva, shuningdek, sohaga daxldor tashkilot masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qarshi shahri ko‘chalari bo‘ylab  targ‘ibot ishlari olib borildi. Hudud bo‘ylab o‘rnatilgan bannerlarning til qoidalariga amal qilinishi, berilgan nomlarning mantiqan to‘g‘riligi va joyga mosligi bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Navbatdagi o‘rganish va targ‘ibot tadbiri Qarshi shahridagi Nasaf ko‘chasida bo‘lib o‘tdi.



Tadbirkorlik subyektlarining ayni bu boradagi maʼlumot va bilimlarini oshirish, sohaga oid huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash kun tartibining dolzarb masalasi bo‘lmoqda.

Ilm-fan, texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda tilimiz sofligini saqlash, joylarga nom tanlashda maʼnaviyatimiz hamda urf-odat, an’anamizga mos ravishda o‘zbekcha nomlar tanlash, turli sohalar orqali tilimizga kirib kelayotgan yangi atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish dolzarb vazifalardandir.

Xulosa o‘rnida shuni taʼkidlash joizki, ijtimoiy hayotimizda davlat tili, maʼnaviy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda barchamiz birdek masʼulmiz.

 

Orasta Tosheva, Qarshi shahar hokimi maslahatchisi

 

08.07.2022 3176