"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida o‘quv-seminar tashkil qilindi


Shahrisabz Axborot-kutubxona markazida shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Ahmedova tashabbusi bilan “Davlat tilida ish yuritishda uslubiy va imloviy xatolar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil qilindi. Unda shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarning ish yuritish hujjatlari bilan ishlovchi mutaxassislari, xususan, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda umumiy bo‘lim mutaxassislari qatnashdilar.



Ma’ruzachilar Toshkent Kimyo-texnologiyalari instituti Shahrisabz filiali Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, davlat tilida ish yuritish fani o‘qituvchisi Sh.Rahmonova hamda F.Ahmedovalar ish yuritish hujjatlarida yo‘l qo‘yilayotgan uslubiy, orfografik va imloviy xatolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida fikr yuritdilar.



O‘quv-seminarda Qashqadaryo viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Aminova ishtirok etib, seminar doirasida o‘z mulohaza va takliflarini bildirdi.

23.08.2022 2509