"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish mavzusida seminar o‘tkazildi


Viloyat hokimi maslahatchisi A. Rustamov, Buxoro viloyati monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda mazkur boshqarma huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari hamkorlikda Olot tumani hokimligida yangi tahrirda qabul qilingan yangi tahrirdag “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish” mavzusida 2 bosqich reja jadvali asosida seminar tashkil etildi.



Seminarda Viloyat hokimi maslahatchisi A. Rustamov, Tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tuman bo‘linmasi xodimlari, Buxoro viloyati monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari, tadbirkorlar va tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.



Tadbir ishtirokchilariga joriy yilning 7-iyun kuni qabul qilingan 8 ta bob va 53 ta moddadan iborat (NO'RQ-776) yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida axborot berildi. Ayniqsa, Buxoro viloyati monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda mazkur boshqarma huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan yangi tahrirdagi Qonunda reklamalarni berishga qo‘yilgan asosiy talablar, yangi tushunchalar va boshqa bir qancha o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida fikr bildirildi.

Davra suhbatida ishtirok etgan tadbirkorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadbir so‘ngida tadbirkorlarning reklama sohasi bilan bog‘liq savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.


     F. Samatov Tuman

hokimi maslahatchisi                                    

24.08.2022 2411