"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Farg‘onaazot” AJda sayyor seminar tashkil qilindi

    

    “Farg‘onaazot” AJda tashkillashtirilgan sayyor seminarning ikkinchi kunida tadbirga Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Aziz Eminovlar tashrif buyurishdi.


 

Dastlab mehmonlar “Farg‘onaazot” AJ faoliyati hamda korxonada tashkil qilingan ma’naviyat xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish hamda davlat tilida ish yuritish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

 


Unda Zafar Ro‘ziyevning davlat tiliga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, , sohada amalga oshirilgan ishlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida  ma’ruzasi tinglandi.





Shuningdek, seminar davomida 2019-2021-yillarda davlat tilini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida batafsil tushuntirish berib o‘tildi.


25.08.2022 2498