"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Millat oydinlari barhayot


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Millat oydinlari barhayot” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.


Tadbirni moliya vaziri maslahatchisi D.Boʻriyev kirish soʻzi bilan ochib, Jadidlarning keng qamrovli faoliyati, xususan, moliya-iqtisodiyot sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirgan tarixiy harakatlari haqida toʻxtalib, ular tomonidan ilgari surilgan gʻoyalar bugun ham qadr-qimmatini yoʻqotmaganligini taʼkidlab oʻtdi. 



Soʻzga chiqqanlar tomonidan Jadidlarning millatimiz ravnaqi yoʻlida olib borgan joʻshqin faoliyati va tarixiy jasorati tilga olindi.

Jumladan, tarix fanlari doktori, professor B.Hasanov, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori B.Irzayevlar maʼruzalarida jadidlar tomonidan fan- taʼlimni, pul-kredit siyosatini zamonaviy asoslarda isloh qilish, ilgʻor xorijiy tajribani milliy qonunchilikka singdirish borasida amalga oshirilgan tarixiy ishlar aniq misol va dalillar bilan tahlil etildi.

Tadbirda jadidlar hayotiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri aktyori R.Ibragimov tomonidan atoqli shoir Usmon Nosir spektaklidan ijro etilgan parcha tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.



Tadbirda Moliya vazirligi markaziy apparati, vazirlik huzuridagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etib, hududiy moliya tizimi tashkilot xodimlari Zoom orqali kuzatib borishdi.

“Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi bilan hamkorlikda bu kabi tadbirlarni vazirlik tizimidagi tashkilotlarda muntazam oʻtkazib borishga kelishib olindi.

 

19.09.2022 2543