"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • MAMLAKATIMIZDA DAVLAT TILIDA ISh YuRITISh VA MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHALARDA OLIB BORILAYOTGAN KENG QAMROVLI ISLOHOTLAR HAMDA ULARNING AMALIY NATIJALARI

MAMLAKATIMIZDA DAVLAT TILIDA ISh YuRITISh VA MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHALARDA OLIB BORILAYOTGAN KENG QAMROVLI ISLOHOTLAR HAMDA ULARNING AMALIY NATIJALARI


Mustaqillik yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Barchamizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan ushbu kun – 21-oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayram kuni” deb belgilandi. O‘zbek tili O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning davlat tilidir. Shunday ekan davlat tili ham har bir davlatning ramzi sanaladi.

Davlatimiz Rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti oliy minbarida davlat tili – o‘zbek tilida nutq so‘zlagani yoki O‘zbekiston delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflari, sportchilarimizning erishgan munosib g‘alabalari sharafiga davlat tili – o‘zbek tilida madhiyamizni yangrashi har birimizni g‘ururlantirmasdan qo‘ymaydi.

Yaqinda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadisining yopilish marosimida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medallarni topshirilishi, o‘zbek bayrog‘ini eng yuqorida turishi hamda tarixiy g‘alaba uchun o‘zbek madhiyasi yangragan paytda butun jahondan kelgan barcha marosim ishtirokchilarning biz uchun o‘rinlaridan turishini ko‘rib bundan butun o‘zbek xalqi faxrlandi.

Bu o‘z navbatida barchamizga ona tilimizni qay darajada ardoqlashimiz va hurmat qilishimiz kerakligini, Ona tilimiz umrboqiy, ma’naviy-ma’rifiy yuksalishning dadil qadami ekanligini bildiradi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish davlatimiz tomonidan alohida e’tiborga olingan hamda bu borada bir qator tegishli hujjatlar qabul qilinmoqda.

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan
2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va uning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Kadastr agentligi tomonidan Davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida ham islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Birinchidan, “Kadastr agentligi, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlarida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Kadastr agentligining buyrug‘i qabul qilinib, ushbu buyruqqa asosan  2021-yil 1-avgustdan boshlab barcha turdagi ish yuritish hujjatlari, shu jumladan ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirilmoqda.

Ikkinchidan, ichki va tashqi axborot matnlari hamda barcha turdagi ish yuritish hujjatlari va blanklari hamda qonunchilik hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhi tashkil etildi.

Uchinchidan,  Kadastr agentligining hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlarida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha alohida mas’ul xodimlar belgilandi.

To‘rtinchidan, Vazirlar Mahkamasining davlat tilida ish yuritish,
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish dasturlari doirasida Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun taqdimot materiallari tayyorlanib, grafik asosida o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.

Beshinchidan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda Davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha Kadastr agentligi va tizim tashkilotlaridan 215 nafar xodim malaka oshirib, Davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi.

Oltinchidan, Kadastr agentligini rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda axborotlar lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida yuritilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Kadastr agentligining tizim tashkilotlarining barcha rasmiy veb saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida axborotlar to‘liq yoritilib boriladi.

Davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har bir Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchining “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yanada mas’uliyat bilan faoliyat yuritishga undaydi.

 

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha Direktor maslahatchisi Rustamova Zarnigor

10.10.2022 2521