"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Gullola Isakova «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq    maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni  rag‘batlantirish maqsadida  «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni  taʼsis etilgan.

Bugun “Xalqlar do‘stligi” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gullola Isakova  «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

18.11.2022 195