"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Murojaatnomaga munosabat

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan oltita yo‘nalishdagi vazifalar vatandoshlarimizning e’tiborini birdek tortdi, desam hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Har qanday jamiyat taraqqiyot yo‘li, o‘zligini anglashi uchun insonga bo‘lgan e’tibor juda muhim. Aynan ta’limga katta imkoniyat yaratilishi, albatta ertangi kunimizda o‘zining natijasini bermasdan qolmaydi.

Murojaatnomada urg‘u berilgan yana bir muhim masala bum — ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish siyosatini davom ettirilishidir. Bu bugun xalqimizni hayotidan rozi bo‘lib yashash imkoniyatini yaratadi va hamisha xush kayfiyatda bo‘lishga, hamda o‘z ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradi, deb o‘ylayman.

Murojaatnoma har bir O‘zbekiston fuqarosini befarq qoldirmasligi lozim. Unda milliy rivojlashning yangi sharoitida dolzarb bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan. Ular ichki va tashqi siyosatimizga chambarchas taaluqlidir. Aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanyapti, turli yirik davlatlar, halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida yirik ikki tashkilotlar: Shanxay Hamkorlik tashkiloti hamda Turkiy davlatlar Tashkilotlari Sammitlari O‘zbekiston nafaqat mezbonlik qildi, balki qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Murojaatdan Prezidentimiz “Albatta, chet tilini bilish – zamon talabi, ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak, mening farzandim chet tillarini biladi-yu, ona tilini bilmaydi degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas, chet tilini bilish kerak, lekin ona tilini bilishga majbur” - deb aytgan fikrlari milliy tilimizning rivojlanishida chuqur ahamiyatga ega bo‘ldi.

Har galgidek, Murojaatnomaning eng hayajonli qismi yangi yilga nom berilishi bo‘ldi va kirib kelayotgan 2023-yilga mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berildi va o‘z navbatida maktablardagi ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Nigora UMAROVA
Yakkasaroy tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
bo‘yicha maslahatchisi

 

26.12.2022 236