"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

ODAMIYLIK DASTURI

Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida inson qadrini ulug‘lash, “Avval — inson, keyin — jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, muhimi kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz lozimligi Murojaatnomaning asosiy mezoni bo‘ldi desam mubolag‘a emas
    2017-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu siyosiy tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalarning e’lon qilinishi mana 6 yildirki butun xalqimizning diqqat e’tiborini tortib kelayotgani shubhasiz.
    Aniq raqamlarga tayansak, mamlakat aholisi 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilayapdi. Demak shunga yarasha imkoniyat va sharoitlar ham yaratilishi kerak bo‘ladi.
    Murojaatnomada to‘g‘ri ta’kidlanganidek O‘zbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga qadam qo‘ydi. Va shu bilan birga mamlakatimizning davlat tili bo‘lgan ona tilimiz ham shaksiz yangi bir davrga odim otdi. Xususan, Prezidentimizning milliy tilimiz haqida kuyunchaklik bilan so‘zlab, milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
    Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak.
  “Mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi”, degan gap bugungi Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas. Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya aytgani millionlab yurtdoshlarimizning dilidagi gap bo‘ldi.
    Shavkat Mirziyeyov Murojaatnomada — “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda»!—dedi.
    Tarix isbotlab ketganidek, har qanday ezgu maqsadlarga yetuk bilim va to‘g‘ri tarbiya tufayli erishiladi.
    Kelgusi yilda maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi nufuzini oshirish, bu jarayonda barcha sharoitlarni yaratish va takomillashtirishni eng zarur va muhim vazifalardan biri deb bilaman.

Ozoda Bekmurodova, Yashnobod tumani hokimi maslahatchisi

 

27.12.2022 194