"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Vatanimga tayanchman


Yurtimizda Vatan himoyasidek sharafli kasbga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib kelmoqda. Shu bois, har yili  14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni sifatida munosib tarzda nishonlanadi.


 Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 14-dekabrdagi farmoyishiga asosan, joriy yilning 12-yanvar kuni vazirlikda ham “Vatanimga tayanchman” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova so‘zga chiqib, vazirlik xodimlarini  hamda vataniga cheksiz muhabbati bo‘lgan har bir  insonlarni ushbu ulug‘ bayram bilan tabriklab, barchaga xush kayfiyat ulashdi.


 Dastur davomida ma’rifatparvar yozuvchi, Cho‘lponning hayotiga bag‘ishlangan kichik sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi va  bu sahna ko‘rinishi barcha xodimlarga manzur bo‘lib, chuqur taassurot qoldirdi.

Aslibek Maxmudjonov, vazirlik xodimi.

14.01.2023 206