- Bosh sahifa
- Maslahatchi minbari
- AJDODLAR ARMONI USHALGAN KUN!
AJDODLAR ARMONI USHALGAN KUN!
Kuni kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-sessiyasida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonning bo‘y ko‘rsatayotganini jahon ahliga millatimizning bosh va xira tortmas ko‘zgusi bo‘lgan o‘zbek tilida - O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida e'lon qildilar. Bunda har bir hamyurtimizning qalbida o‘zining tiliga bo‘lgan hurmat, ehtirom va g‘urur yana bir marta paydo bo‘ldi.
Shaxsan men mazkur nutqni tinglab, O‘zbekiston davlatining Prezidenti butun jahon hamjamiyatiga qarata qator muammolar to‘g‘risida o'ndan ortiq tashabbuslarni ilgari surgani, bugungi yangi O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning ketma-ketlikda amalga oshirilayotgani va buni butun jahon tan olayotganini eshitib, eng asosiysi, mazkur nutq o‘zbek tilida baralla yangraganidan, to‘g‘risi, Vatanga bo‘lgan sadoqatlikning, milliy tilga bo‘lgan hurmatning cheksizligi tufaylimi, ko‘zlarimda quvonch yoshlari paydo bo‘ldi. Axir bu bizga boy ma'naviy meros qoldirgan buyuk ajdodlarimiz, qomusiy olimlarimizning azaliy orzusi edi.
Ishonch bilan aytamizki, yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning sa'yi-harakatlari tufayli belgilangan Harakatlar strategiyasi, qator tashabbuslar, Vatanimizning ertangi kuni bo‘lgan yoshlarga berilayotgan e'tiborlar jamiyatning ko‘pchilik sohalarining taraqqiy etishida tamal toshini qo‘ygan buyuk qomusiy olimlarimiz: az-Zamahshariy, al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Bahoviddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, al-Farg‘oniy, at-Termiziy, Ogahiy Vatandoshlarimiz kabi tadqiqotchilarimiz yetishib chiqishiga zamin hozirlaydi.
Yangi O‘zbekistonning gullab-yashnashida, taraqqiy etishida, uning jahon hamjamiyatida muhim va muqim o‘rin egallashida mamlakatimizning har bir fuqarosi bir tanu bir jon bo‘lib, yanada jisplashgan holda o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Milliy tilimiz bo‘lgan o‘zbek tili esa Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida jahon uzra baralla yangrayversin! Bu kun O‘zbekiston tarixi zarvaraqlarida zarhal harflari uzra bitilishi bilan bir qatorda, ajdodlarimiz va butun xalqimizning azaliy orzulari ushalgan kun!
Xorazm viloyati hokimining maslahatchisi,
R.Xudoyberganov