"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Zarhal harflar bilan bitiladigan muhim voqea

O‘zbek tilining rivojlanish tarixida 2020-yilning 23-sentyabr sanasi milliy tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlash borasidagi zarhal harflar bilan bitiladigan muhim voqea bo‘ldi. Zeroki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasidagi chiqishi, yuksak minbardan turib ona tilimizda maʼruza qilishi o‘zbek tilining davlat tili maqomidagi nufuzini mustahkamlash borasidagi davlatimiz siyosiy irodasi naqadar qatʼiy va izchil ekanligini namoyon etdi.


Tilimiz tarixida bunday xalqaro miqyosdagi yuksak minbarda jahon tamadduniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahriddin Muhammad Bobur kabi vatanimizning ko‘plab buyuk daholarini yetishtirgan millatimiz tili ilk bor yangradi.


Ushbu tarixiy voqea mamlakatimizda va xorijda yashayotgan 50 mln. nafarga yaqin millatdoshlarimiz qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldirdi.


Yurtboshimizning ushbu maʼruzasi o‘zbek tiliga cheksiz hurmat va ehtirom timsoli sifatida har birimizga yuksak ibrat namunasi bo‘ldi.


Mana shu iftixor va ibrat hammamizga, maʼlum bir maʼnoda, ona tilimizga bo‘lgan munosabatda ham o‘ziga xos masʼuliyat yuklaydi.

E.Abdualimov,

Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi

29.09.2020 3162