"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlandi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida tashkil qilingan navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat mashg‘uloti 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlandi.


Tadbir karantin talablariga asosan ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘tkazildi.


Mashg‘ulotni vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev olib borib, o‘z so‘zida bugungi kunda davlat tili nufuzi va maqomini oshirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.


Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Munira Qahhorova “Ona tili va ma'naviyat” mavzusida ma'ruza qildi.


Ma'ruzachi ona tili haqida fikr yuritar ekan, uning ma'naviyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ekanligini alohida qayd etdi. Ma'naviyat va til har bir xalq, jamiyat, davlat uchun hayot-mamot masalasi kabi muhimligini tarixiy, hayotiy misollar asosida sharhladi. O‘z navbatida, barchani ona tilini qadrlash, uning rivojlanishiga faol hissa qo‘shishga chaqirdi.


Shuningdek, mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va hamkor tashkilot hamda muassasalar tomonidan nashrdan chiqarilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblariga alohida urg‘u berilib, ushbu manbalarning davlat tilida ish yuritishdagi ahamiyati xususida fikr bildirildi.


Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ma'ruzachilardan atroflicha javoblar oldilar.


Bahodir Valiyev,

Favqulodda vaziyatlar vazirining maslahatchisi

09.10.2020 3298