"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari nomzodi Hulkar Hamraeva ma'ruza qildi.

Ma'ruzachi o‘z so‘zida o‘zbek tili taraqqiyoti bugungi kunga qadar juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligi, tilimizning ilk namunalari O‘rxun-Enasoy bitiklarida, ulardagi yozuvlarda aks etganligi, tilimiz qadimgi turkiy tillar turkumiga kirishi xususida misollar orqali tushuntirishlar berib o‘tdi.

Darhaqiqat, XI-XII asrlarda mamlakatimiz hududida eski turkiy til shakllangan bo‘lib, Mahmud Qoshg‘ariyning bu davrda yaratilgan “Devoni lug‘otit-turk” asari eski turkiy tilda yozilgan betakror va nodir asarlardan hisoblanadi. Ushbu asar nafaqat badiiy, balki ilmiy, ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bilan yanada ahamiyatli sanaladi. Xuddi shu davrda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”, Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarlari yuzaga keldiki, bu asarlar eski turkiy tilda yozilgan adabiyotning yuksak namunalari bo‘lib qoldi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.  Uchrashuvda o‘zbek tilini ulug‘lovchi she'rlardan ifodali  o‘qilib, ajoyib mushoira tashkil qilindi.

B.Valiev, 
FVV maslahatchisi

fvv.uz saytidan olindi

22.12.2020 3137