"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

TIL – MILLAT TARAQQIYOTI VA KELAJAGINING MUHIM OMILI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz shahrida joylashgan bir qator savdo obyektlarining tashqi reklama vositalari, peshlavha va boshqa axborot matnlarining davlat tiliga muvofiqligi o‘rganildi.

Shahrisabz shahar hokimining maslahatchisi F.Axmedova tashabbusi bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayeva, shahar Xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi Ch.Mannonova hamkorligida tashkil qilingan nazorat-targ‘ibot tadbirida Ipak yo‘li shohko‘chasida joylashgan oziq-ovqat va maishiy savdo do‘konlari, go‘zallik salonlari, xususiy shifoxona hamda dorixonalardagi mavjud tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga javob berish yoki bermaslik darajasi aniqlandi.

Unga ko‘ra, o‘rganilgan 120 ga yaqin tashqi yozuvlarning 16 tasi xorijiy tilda ifodalangan, 16 tasida esa uslubiy, imloviy jihatdan xatoliklar mavjud. Ayrimlarida esa so‘zlar orasidagi harflar tushib qolgan. Davlat tiliga nisbatan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga xato va kamchiliklarni tuzatish uchun ma’lum muddat berilib, bu haqda ogohlantirish xati taqdim etildi.


F.Axmedova,

Shahrisabz shahar hokimining maslahatchisi

29.12.2020 3283