"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Til — davlatning timsoli, mulki

“O‘zstandart” agentligi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muvofiqlikni baholash idoralari, shu jumladan xususiy sertifikatlashtirish idoralari va laboratoriyalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining holati tizimli o‘rganilmoqda.

Xususan, Toshkent shahridagi “Topfin result” va “Nipo standart” korxonalari qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarida muvofiqlikni baholash natijalarini davlat tilida rasmiylashtirilishi, muvofiqlikni baholashda qo‘llanilayotgan standartlarning davlat tiliga tarjima qilinishida mutaxassislarning jalb qilinishi bilan bog‘liq masalalar muhokama etilib, bu yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi.


Azamat PARDAYEV,
“O‘zstandart” agentligi direktorining maslahatchisi


"standart.uz" saytidan olindi

08.01.2021 3222