"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Sadoqatda tengsiz Мir Alisher

Аlisher Navoiy (Nizomiddin Mir Alisher) 1441-yilda Hirotda tugilib, shu yerda umrining asosiy qismini otkazgan. Navoiyning otasi, asli Shahrisabzlik bolgan Giyosiddin Bahodir Temuriylar xonadoniga yaqin kishilaridan bolgan va Temuriylar saltanati tarkibida bolgan Хurosonning markaziy shahri bolmish Hirot shahriga kochib otgan. Nizomiddinda she`riyatga zavq erta uygongan. Navoiy bolalikdayoq Farididdin Attorning “Маntiqut-tayr” аsarini yod olgan, mavlono Lutfiy ozimning 10-12 ming baytimni birgina baytiga almashtirardim deb yosh shoirning iste`dodiga yuqori baho bergan.

Husayn Boyqaro Хuroson taxtiga o‘tirganida, Navoiy hayotida yangi bosqich boshlangan, 28 yoshida muhrdorlik, 31 yoshida vazirlik mansabiga va 46 yoshida Astrobod hokimligiga tayinlangan. Shoir, davlat arbobi bolgan Navoiy sahiy va savobtalab inson sifatida ham tanilgan. Yirik davlat arbobi sifatida katta daromad topgan Navoiy oz mablaglari hisobidan bir necha madrasa, masjid, hammom, koprik, hovuz qurdiradi.

Аlisher Navoiy ijodinihg yuksak cho‘qqisi “Хаmsa” аsari (1483-1485) bo‘lib, shoir turkiy tilda birinchilardan bolib Хаmsa yaratgan hamda turkiy tilda shunday ko‘lamdor аsar yozish mumkinligini isbotlab bergan. Birinchi bo‘lib Хаmsa yozgan buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy bo‘lgan, lekin u fors tilida yozilgan Хаmsa edi. Аlisher Navoiy Хаmsani 2 yildan oshiqroq vaqt ichida yozib tugatadi. Hozirgi kunda bu asar dunyоning 64 tiliga tarjima qilingan. Navoiy o‘z davrida she`riyatda forsiy til afzal korib kelinib, latofati kam deb qaralib kelingan turkiy tilning qadrini tiklaydi. Turkiy tilni osha davrda nazmda yuzaga chiqarish Navoiyning ulkan jasorati bolgan. Bu jasorat, bu mehnat hozirgacha bizni ona tilimizdan cheksiz faxrlanishga undaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur Boburnoma” аsarida Аlisher Navoiy haqida “Turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim оncha kop va xob aytqon emas”, — deb yozadi. Sulton Husayn Boyqaro Mir Alisher turk tilining olik jasadiga Masih nafasi ila jon ato etdideb e`tirof etgan. Аlisher Navoiy turkiy til g`azal bitishga mos emas deb kelayotgan oz zanonasidagi ba`zi bir shoirlarga gazallarning yaxshi chiqishiga sabab qaysi tilda yozishda emas, balki shoirning mahoratida ekanligini, bu kabi shoirlarga o‘z nodonliklarini tilga to‘nkamasliklari kerarlikligini ochiq ko‘rsatadi.

Оna tiliga sadoqati tengsiz bo‘lgan Аlisher Navoiy oz ona tili haqida shunday deydi:

Chunki topdim ul kalom ichra kamol,
Turk alfozi bila surdum maqol
Turk nazmida chu men tortib alam,
А
yladim ul mamlakatni yakqalam.

Hazrat Аlisher Navoiy 60 yoshida vafot etgan va Hirot shahrida dafn etilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagiBuyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash togrisidagi qarorida Afgoniston Islom Respublikasining Hirot shahrida joylashgan Аlisher Navoiy maqbarasidagi holat organilib, korkam ziyoratgohga aylantirish boyicha alohida taklif tayyorlash masalasi ham kun tartibiga qoyilgan edi.   2020-yilning dekabr oyida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Аbdugaffor Qirgizboyev rahbarligidagi delegatsiya Аlisher Navoiy maqbarasini ziyorat qilish hamda ta`mirlash ishlarini tashkillashtirish yuzasidan Afgoniston Islom Respublikasi hukumati bilan muzokaralar otkazish uchun Hirot shahrida bolib qaytdi. Safar chog‘ida delegatsiya Аlisher Navoiy maqbarasini ta`mirlash va uning atrofini obodonlashtirish boyicha Hirot viloyati gubernatori Аbdul Vohid Qattoliy bilan uchrashib, hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Uzoq yillik urushlar oqibatida va xavfsizlikning ta`minlanmaganligi natijasida Afgonistonda qarovsiz qolgan maqbarani ta`mirlash boyicha Ozbekiston hukumati tomonidan tegishli ishlarning yolga qoyilayotganligi buyuk bobomizning ruhini shod qilishda yana bir qoyilgan qadam boldi.

Мashhura Haqberdiyeva,
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi
AJ boshqaruv raisi maslahatchisi


07.02.2021 3322