"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilini hurmat qilish - barcha fuqarolarning insoniy burchidir

Tashqi targ‘ibot vositalarining davlat tilida bo‘lishi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Shu millat maʼnaviyati, qadriyati, madaniyati ko‘zgusi sanalmish davlat tilini hurmat qilish, uning meʼyoriy hujjatlariga amal qilish, barcha fuqarolarning insoniy burchi sanaladi. Ming afsuski, hali hanuz tadbirkorlarimiz o‘rtasida o‘z reklamalarini rus yoki ingliz tillaridagi so‘zlar bilan nomlayotganlar ham bor.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, ularga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida bugun, Buxoro tuman hokimligi ishchi guruhi tumanning “Gulshanobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududning Buxoro shahri va Kogon tumani chegarasigacha bo‘lgan joyida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.



Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etildi, baʼzi tashqi targ‘ibot vositalarini almashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ishchi guruhi rahbari, tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergasheva, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘limi rahbari J.Aslonov, tuman moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Milliy tiklanish partiyasi tuman Kengashi deputati U.Sobirov, tuman davlat soliq inspeksiyasi soliq nazorati bo‘limi, sayyor soliq tekshiruvi shoʻbasi katta inspektori N.Sulaymonov hamda Milliy tiklanish partiyasi tuman Kengashi deputati I.Shodiyevlar tomonidan olib borilgan o‘rganish jarayonida o‘ndan ortiq kamchiliklar joyida bartaraf etildi.




Bunday o‘rganishlar tumanning barcha joylarida tashkillashtiriladi.  Maqsad esa bitta, biz shu yurt farzandimiz, o‘z tilimizni hurmat qilishimiz, uning nufuzini oshirishimiz shart!



Buxoro tuman hokimligi Axborot xizmati

16.04.2021 3130