"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Unicon.uz” DUK va Fanlar akademiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Unicon.uz" - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga oid bajariladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farmonda belgilangan vazifalarni oz vaqtida va toliq ijrosini taminlash yuzasidan ustuvor yonalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Davlat tilining zamonaviy AKTga faol integratsiyalashuvini ta’minlash borasida O‘zbek tilini Internet tarmog‘ida ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini keng miqyosda amaliyotga tatbiq qilish, O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturlarini yaratish, Davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarida yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etish kabi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

13.06.2021 2553