"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Narpayda 16 ta aholi punkti, Urgutda 13 ta mahalla nomsiz yoki nomi qonun talablariga mos kelmaydi

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun asosida Samarqand viloyatidagi bir qator geografik obyektlarni nomlash borasida joriy yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar oʻrganildi.

Jumladan, Narpay tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 16 ta aholi punkti, 949 ta ko‘cha, 2 ta ziyoratgoh, 96 ta qabriston, Jomboy tumanida 225 ta ko‘cha, Urgut tumanida 13 ta yangi mahalla, Nurobod tumanida 1 ta yangi aholi punkti, 99 ta ko‘cha nomlari ekspertizadan o‘tkazilib, xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlandi va davlat reyestri bazasiga kiritish uchun yuborildi.

Shuningdek, nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan Samarqand shahridagi 130 ta ko‘cha, Kattaqo‘rg‘on shahrida nomsiz 68 ta ko‘cha, Toyloq tumanida 49 ta ko‘cha, 18 ta qabriston, Oqdaryo tumanida 10 ta ko‘cha, Ishtixon tumanida 632 ta ko‘cha, Qo‘shrabot tumanida 33 ta ko‘cha, Urgut tumanida 10 ta ko‘cha, Bulung‘ur tumanida 1 ta mahalla, 4 ta aholi punkti, 484 ta ko‘cha, 36 ta qabriston, 2 ta maydon, 4 ta ziyoratgoh nomlari bo‘yicha Kadastr agentligining xulosalari olindi va viloyat, shahar va tuman Kengashlari qarorlarini chiqarish uchun tegishli mutasaddilarga yuborildi. 


Sherali Temirov,

viloyat hokimining maslahatchisi

zarnews.uz

21.06.2021 2614