"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Agentlik "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" tanlovida qatnashadi...

Agentlikda Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zstandart” agentligida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tashkil etildi va Kengashga agentlikning Bosh direktori rais etib tayinlandi. Kengashning dastlabki majlisi kun tartibidan Agentlik va uning tizimida olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovida qatnashish masalalari o‘rin oldi. Majlisda Agentlikda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida Agentlik va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi o‘rtasida “O‘zstandart” agentligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2021-yil uchun “Yo‘l xaritasi” imzolanganligi haqida alohida qayd etildi.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Zero, yuqorida nomlari qayd etilgan hujjatlarda ham aynan ushbu yo‘nalishni yanada samarali rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

Majlisda taʼkidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lgan edi. Yig‘ilishda bugungi kunning dozarb masalalari muhokama qilanar ekan, davlatimiz rahbari “Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat”, – deya taʼkidladi. Zero, ajdodlarimiz tomonidan shu kunga qadar yaratilgan barcha maʼnaviy boyliklarimiz, muqaddas qadriyatlarimizga hamda bu yorug‘ jahonda hech bir narsaga qiyoslab bo‘lmas bebaho maʼnaviy merosimizga hurmat-eʼtiborni, sadoqat va muhabbat, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini qaror toptirish taʼlim-tarbiyaviy ishlarimizning ustuvor yo‘nalishidir.

“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror bilan esa Davlatimiz Rahbari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida bir qator masalalarni oldimizga vazifa qilib qo‘ydilar. Binobarin, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish; oila, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash; targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish; el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish; madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va sanʼatning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish; geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviykurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Darhaqqiqat,  jahonda yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdidlar yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularni ona Vatanimizga muhabbat va sadoqat ruhida kamol toptirishni taqozo etmoqda. Bu borada Prezidentimizning “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarni keng jamoatchilikka samarali yetkazishda, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda muhim turtki bo‘ldi.

Majlisda Agentlik tizimi xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida kamol toptirish tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning asosiy mezoni ekanligini taʼkidlab, Vatanga muhabbat, kasbiga sadoqat, fidoyilik, halollik, poklik singari fazilatlar har bir xodimning eʼtiqodiga aylanishi lozimligini aytib o‘tildi.

Majlisda maʼnaviy-maʼrifiy sohada Agentlik va uning tizim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, kitobxonlik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ularning samarasi haqida alohida so‘z yuritildi va “Maʼnaviyat xona”lari, idoraviy kutubxonalar tashkil etish ishlarini yana-da jadallashtirish bo‘yicha tizim tashkilotlari va filiallar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Har oyning birinchi seshanba kunini Agentlik va tizim tashkilotlari uchun “Maʼnaviyat kuni” deb eʼlon qilinib, shu kuni taniqli olimlar, maʼnaviyat va madaniyat namoyandalari, ibratli oilalar vakillari, iqtidorli yoshlar, Davlat mukofotlari sovrindorlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularning ibratli hayot yo‘llari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazish belgilab olindi.

Shuningdek, majlis kun tartibining asosiy masalasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan va qilinadigan ishlar  muhokama qilindi, har bir masʼul va tizim tashkilotlari rahbarlari ushbu yo‘nalishda aniq vazifalar belgilab berildi.

Majlisda Agentlik va uning tizim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni taʼminlash va lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining “O‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi izlanishlarni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" tanlovida davlat boshqaruv organlari “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda Agentlikning ishtiroki etishi haqida qaror qabul qilindi va ishtirok yuzasidan qilinadigan ishlar yuzasidan masʼullarga vazifalar berildi.

Bundan tashqari, Agentlik va uning tizim tashkilotlarida maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili to‘g‘risidagi”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Naibaxon Mamadaliyeva,
Texnik jihatdan tartibga solish
agentligi Bosh direktorining maslahatchisi,
filologiya fanlari dokori, professor


05.07.2021 2578