"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qalampirning tanqidi asossiz

Qalampirning tanqidi asossiz. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan Hukumat rahbarining ko‘rsatmasi kuni kecha vazirlik, idoralar va tashkilotlar hamda hokimliklarning rahbarlariga yetkazildi.

Topshiriqqa asosan 2021-yil 1-avgustga qadar mamlakatdagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklamalar va eʼlonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini taʼminlash vazifasi belgilandi.

Bu haqiqatan, Hukumatning davlat tili bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirishdagi yana bir muhim tashabbuslaridan biri deb baholasa bo‘ladi. Topshiriq qaror bilan mustahkamlangan, uni ijrosi ham o‘z vaqtida taʼminlanmoqda.

Qalampir.uzning tanqidi o‘rinsiz. Sababi qarorda aniq belgilab qo‘yilgan, yaʼni tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish 2023-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Bosh vazirning 2021 yil 1 iyuldagi topshirig‘ida quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi taʼminlanishi kerakligi taʼkidlangan:

* barcha joy va ko‘cha nomlari;

* atamalar;

* tashkilotlarning nomlari;

* peshlavhalar;

* ommaviy targ‘ibot vositalari;

* reklama va eʼlonlar;

* ish qog‘ozlari va turli blanklar.

Demak, Hukumat o‘z maqsadi yoʻlida qatʼiy turmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Agar qalampir haqiqatga teranroq qaraganda edi, Bosh vazirning topshiriq blankasini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ekanligini bilgan bo‘lardi.



Sherzod Xolmatov

06.07.2021 2515