"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘rganishlar natijasi - samarali ko‘rsatkich

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat tilida ish yuritilishi taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma bosqich to‘liq o‘tilishi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Agentlikning markaziy apparati bilan bir qatorda uning tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ham ijobiy ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, monitoring qilish, o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Huddi shunday maqsadda Agentlikning tizim tashkilotlari hisoblangan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi (“UzTest” DK) hamda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash Departamentining Sirdaryo, Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallariga tashrif buyurib, har bir filialda davlat tilida ish yuritilishi, lotin alifbosiga o‘tilishi hamda tashkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Taʼkidlash lozim, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti hamda uning filiallari laboratoriyalaridagi har bir asbob uskunaga davlat tilida lotin alifbosida tavsifnomalar yozib qo‘yilgan, ushbu tavsifnomalar yordamida asbob uskunaning nomidan tortib, qayerda ishlab chiqarilgani, yaroqliligi muddati, nimalar bo‘yicha metrologiya tekshiruvlar o‘tkazilishini bemalol bilib olish mumkin. Institu va uning filiallarida Maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, kichik kutubxonalar tashkil etilgan. Xorazm filiali rahbariyati kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish joriy etilgani haqida xabar berdi.

Filiallar jamoalarida asosan o‘zbek millatiga mansub xodimlar faoliyat yuritadi, lekin boshqa millat vakillari ham davlat tilida hech qanday lug‘atsiz va tarjimonsiz muloqot qila olishlari alohida eʼtiborni tortdi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali boshlig‘i Nurbek Hajiyev filialda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha olib borilayotgan amaliy harakatlar haqida maʼlumot berib, jamoa ishtirokida maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilishi xodimlarga maʼnaviy ozuqa berishi, shuning uchun ham bu kabi suhbatlarni uzviy davom etilishini alohida taʼkidladi.

Filiallar faoliyatini o‘rganish jarayonida murojaat bilan tashrif buyurgan keksa fuqarolar texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishida ham davlat tilida ish yuritish, maʼnaviyat va maʼrifat masalalariga shunchalik eʼtibor qaratilayotganligini alohida xursandchilik bilan qayd etdi.

Filiallar xodimlari bilan bilan o‘tkazilgan suhbatlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining dolzarbligi, bunga hukumat darajasida katta eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

“UzTest” DK hamda Departamentda ushbu sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar alohida ko‘rstaib o‘tildi, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, kichik idoraviy kutubxonalar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Har uchala filial bir binoda joylashgan bo‘lib, ularning barcha xodimlari tashkil etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat xonalaridan foydalanib, idoraviy kutubxonalardagi adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga egalar. Hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etib, jamoada hamjihatlik va hamkorlikni rivojlanishiga hissa qo‘shadilar. Xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda jamoada hukm surayotgan ahillik, bir biridan xabar olish, do‘stona munosabatlar ish unumdorligining oshishiga xizmat qilishini alohida taʼkidladilar. Zero, aynan ushbu xislatlar maʼnaviyatning asosiy tamoyillari hisoblanadi.

Filiallarda davlat tilida ish yuritish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, lotin alifbosiga o‘tish ishlari jadallashtirilmoqda. Boshqa millatga mansub xodimlar bo‘lmaganligi sababli davlat tilini o‘rganish kurslariga ehtiyoj yo‘qligini taʼkidladilar. Jamoalar asosan yoshlardan iborat bo‘lgani uchun lotin alifbosini ham o‘zlashtirish unchalik qiyinchilik tug‘dirmasligi sezildi.



Naibaxon MAMADALIYEVA,
O‘zbekistion Texnik jihatdan tartibga solish

agentligi Bosh direktorining maslahatchisi,
filologiya fanlari doktori, professor

14.07.2021 2220