"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘QUV QAYDA BO‘LSA, ULUG‘LIK BO‘LAR

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021-yil 1-iyuldagi topshirigʻi ijrosi bo‘yicha Buxoro tumani hokimligida navbatdagi amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quvda Buxoro Davlat universiteti tilshunos olimi Bayramali Qilichev ishtirok etib, til islohoti borasida amalga oshirilayotgan ishlar, alifbo, uning aytilishi va yozilishi, kompyuterda yozilish usuli borasida tushuntirish berib o‘tdi.


Tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergasheva to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishimiz munosabati bilan bunday keng qamrovli o‘quv soatlariga ehtiyoj borligini vaqt talab etayotganligi xususida munosabat bildirdi.


Tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari tomonidan berilgan savollarga tilshunoslar tomonidan javoblar berildi. O‘quv munozaraga boy bo‘ldi.

O‘quv bo‘lgan joyda, albatta, ulug‘lik ham bo‘ladi.

 

Buxoro tuman hokimligi axborot xizmati

27.07.2021 2192