"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • Kadastr agentligi tizimida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

Kadastr agentligi tizimida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

2021-yil 9-10-sentabr kunlari Kadastr agentligi direktorining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan maxsus o‘quv-seminar dasturi tashkil etildi (seminar video-aloqa tizimi ZOOM ilovasi orqali o‘tkazildi).

O‘quv-seminar dasturida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha biriktirilgan xodimlari ishtirok etdilar va unda “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2021-yil 17-avgustdagi 165-sonida chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” maqolasi bo‘yicha hamda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzulari bo‘yicha taqdimot materiallar bilan chiqishlar qilindi.

Onlayn kuzatuvchilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida ish yuritish davomida paydo bo‘layotgan savollari bilan murojaat qilishdi. Mutaxassis javoblari nafaqat seminar ishtirokchilariga balki kelgusida tizim xodimlari o‘rtasida o‘tkazilajak hududiy o‘quv seminarlari uchun ham kerakli ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.

Keyingi bosqichda hududiy boshqarmalarning joylarda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha biriktirilgan xodimlari tomonidan barcha xodimlar uchun o‘quv-seminarlari tashkil etiladi.

 

Zarnigor Rustamova,

Kadastr agentligi direktorining maslahatchisi

12.09.2021 2200