- Bosh sahifa
- Maqolalar
- Ona tilimiz sofligi yo‘lida fidokor bo‘laylik!
Ona tilimiz sofligi yo‘lida fidokor bo‘laylik!
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub
bo‘lib, hozirgi kunda ushbu til Yer yuzi aholisining qariyb 50 million aholisi
uchun asosiy muloqot vositasidir. Shunday ekan, tilimizning mavqeyiga
qaratiladigan eʼtibor ertangi avlodning kelajagi haqida qayg‘urishimizning
muhim asosi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda o‘zbek tilining
davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirish, jamiyatning barcha
sohalarida faol qo‘llanilishiga erishish, yosh avlodni ona tilimizga hurmat va
sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Mustaqillik davri tarixiga nazar soladigan
bo‘lsak, tilga eʼtibor, uning mavqeyini qonuniy jihatdan mustahkamlab qo‘yish
mustaqillikka erishishning dastlabki qadamlaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili
haqida»gi Qonuni qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek
tili deb eʼlon qilindi. Qonun bilan O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi
hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va
boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Аynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili
mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Binobarin, 1953-yilda YUNESKO tashkiloti ekspertlari “davlat tili” va
“rasmiy til” tushunchalarini farqlashni taklif etgan. Unga ko‘ra Davlat tili -
siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda maʼlum bir davlatda integratsiya
(birlashtiruvchi) vazifasini amalga oshiradigan, shuningdek ushbu davlatning
ramzi sanaladigan tildir. Rasmiy til – davlat boshqaruvi, qonunchilik, sud
jarayoni tilidir. 1993-yil 2-sentabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashi tomonidan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi
Qonun qabul qilindi. Bugungi kunda bu ishlarning tadrijiy davomi sifatida lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha
amaldagi qonun hamda hukumat qarorlari yanada mustahkamlanmoqda.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida
va xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan
yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘
ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda
davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlash maqsadida 2019-yil 21-oktabrda
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5850-son Farmoni
qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat
Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi, barcha davlat
organlarida davlat tilida ish yuritish shart qilib qo‘yildi. Davlat organlarida
rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida
ish yuritishni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy qilindi.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini
tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy
anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat
tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlash, O‘zbekistondagi millat va
elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek
tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini
rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini
hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida 2020-yil 20-oktabrda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini
yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6084-son Farmoni bilan 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va
til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022
yillarda amalga oshirish dasturi, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
tasdiqlandi. 2020-yil 10-aprelda esa Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbek tili
bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
imzolanib, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Davlatimiz
rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti anjumanida jahon hamjamiyatiga
qarata tarixda birinchi marta hammani birday to‘lqinlantirgan, O‘zbekiston g‘ururini
yuksakka ko‘targan tarixiy nutqini o‘z ona tilimizda so‘zladi. Maʼlumk, taniqli
olim German Vamberi “Аbulg‘oziy Bahodirxonning ko‘pgina ishlari
Boburni xotirga tushiradi, jahon uning “Shajarai turk” nomli tarixiy asari
uchun minnatdordir”, deb yozgandi o‘zining “Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi”
asarida. Bunda olim Bobur bilan Аbulg‘oziyni el-yurtni obod va ozod ko‘rish ishtiyoqida
astoydil harakat qilgan ikki davlat arbobi sifatidagi o‘xshash jihatlarini,
ayni paytda, ularning tengi yo‘q ijod namunalarini nazarda tutgan. Buning boisi
juda qadim voqea va hodisalar haqidagi maʼlumotlar, yozma manbalar deyarli
saqlanib qolmaganligida, mavjudlari esa asosan inson ruhiyati, aqlu idroki
ilohiyot bilan uyg‘unlashib, unga bir irmoq singari qo‘shilib ketishidadir. Eng
muhimi, bu afsonalarni kim qanday tushunishida emas, balki ular ilm koni,
hikmat xazinasi ekanligidadir. Shu nuqtayi nazardan, Davlatimiz rahbarining o‘zbek
tiliga qaratgan eʼtibor, hurmati, uning mavqeyini ko‘tarishga qo‘shgan hissasi
uchun Yangi O‘zbekiston tarixi undan minnatdordir degim keladi.
Xullas, ushbu davr o‘zbek tili taraqqiyoti yo‘lida “ulug‘ xalq qudrati jo‘sh
urgan zamon”ga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bular albatta, «Milliy
tiklanishdan milliy yuksalish sari» degan ezgu g‘oya negizida amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishning
huquqiy jihatini taʼminlanishiga alohida eʼtibor bergan bo‘lsalar, bu
hujjatlarda belgilangan ishlarni bajarish Innovatsion rivojlanish vazirligi
oldiga katta vazifalarni qo‘ydi. Mazkur vazifalarni hal etish maqsadida
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat
dasturlari loyihalarini shakllantirish va monitoring qilishning butunlay yangi
samarali tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Bugungi kungacha
ushbu tanlovning 34 turi eʼlon qilingan bo‘lsa, u tanlovlarda o‘zbek tili va
adabiyotini tadqiq etish masalalariga ham salmoqli o‘rin ajratilgan.
Eʼlon qilingan tanlovlarga topshirilgan
loyihalar o‘zining ijobiy xulosasini olib, o‘zbek tilining jamiyatdagi va
xalqaro miqyosdagi mavqeyi hamda nufuzini oshirish, ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishi bo‘yicha mavjud
muammolarning ilmiy yechimini taʼminlash maqsadida hozirgi kunda ilmiy
faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti olimlari tomonidan qator loyihalar bajarilmoqda.
Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek
tili va adabiyoti universitetida bajarilayotgan “O‘zbek tilida neyming:
meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida
ishlab chiqarish, savdo obyektlari, kompaniya, firma, mahsulotlarga nom qo‘yish
jarayonini yengillashtirish, milliy anʼanalarimiz va mentalitetimizga yot
nomlar berilishining oldini olish, “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini
taʼminlash yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilib, nomlar zaxirasi
yaratildi. Universitetda “O‘zbekcha nomlash laboratoriyasi” hamda internet
tarmog‘ida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun uznom.uz sayti faoliyati
yo‘lga qo‘yildi. Ushbu sayt orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
kishilarga firma, korxonalari, savdo obyektlari, ishlab chiqargan mahsulotlari
uchun milliy nomlar taqdim etilmoqda. Mazkur xizmat turi orqali nom yaratish
jarayonida o‘zbek tili meʼyorlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yiladi.
Zero, joriy yilning 21-oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zbek
tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan maʼruzasida
«jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli
lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, maʼnaviyatimizga yot mazmun va
shakllarda aks ettirilayotganini» qayd etar ekan, «Ona tilimiz - milliy
maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib
hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas
insoniy burchimiz», – deb taʼkidladi. Mazkur oliygohda bajarilayotgan “O‘zbek
tilidan ingliz tiliga badiiy asarlarni tarjima qilish uchun elektron lug‘at
yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha natijasida o‘zbek adabiyoti
namunalarini ingliz tiliga badiiy tarjima qilish sifatini keskin oshiradigan o‘zbek-ingliz
badiiy tarjima lug‘atini yaratiladi, o‘zbek va ingliz tillarida inson qiyofasi,
feʼl-atvori, tabiat tasviriga oid badiiy tasvirlarni o‘z ichiga olgan rasmli
elektron poetik lug‘at ishlab chiqiladi. Mazkur elektron lug‘at ijod namunalari
leksikasini to‘liq qamrab olishi va tasvirlar orqali aks ettiradi va o‘z
internet sahifasiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish
vazirligi o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirish, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bajariladigan ilmiy
tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi xodimlari bilan
hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi sifatida umumiy qiymati
4,4 mlrd. so‘m bo‘lgan tematik mavzular shakllantirildi. Mazkur tanlov o‘zbek
tilining jamiyatdagi va xalqaro miqyosdagi mavqeyi hamda nufuzini oshirish,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishi
bo‘yicha mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlash, davlat tilini
rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
amalga oshiriladi.
Tanlovga vazirlik va idoralar, hukumat
tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalaridan jami 28
ta ilmiy loyihalar taqdim etildi. Dastlabki texnik ekspertiza natijalariga ko‘ra
ilmiy ahamiyati yuqori, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro
miqyosdagi obro‘-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan
yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida
tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlashga
qaratilgan 15 ta ilmiy loyihalar bugungi kunda vazirlik huzuridagi “Filologiya,
psixologiya, pedagogika fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengash tomonidan ilmiy
ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Taʼkidlash joiz, tanlovda “jadid.uz” elektron
platformasini yaratish” innovatsion, “O‘zbek tilining milliy korpusini
yaratish”, “O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning metodik taʼminoti bo‘yicha
elektron platforma yaratish”, “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil
ilovalarini yaratish” amaliy loyihalar mavzulari eʼlon qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2020-yil 30-sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan
ziyolilarga qilgan murojaatida jadidchilik harakati, shaxslari haqida to‘xtaldi
va «mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda maʼrifatparvar jadid
bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi», degan fikrni aytib o‘tdi. Menimcha
ham, tarixiy vaziyat imkon berganida edi, uyg‘onish inqilobi amalga oshgan bo‘lar
edi. Buning izohini yana Prezident so‘zlari bilan aytadigan bo‘lsak, «bu fidoyi
va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani
jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish
uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining
aziz jonlarini ham qurbon qildilar».
Istiqlol, ozodlik, erkinlik uchun qilgan
qilgan fidokorligi, shu bilan bir qatorda ularning «milliy taʼlim va tarbiya
tizimi»ni yaratishdagi hissasi uchun Turkiston jadidchiligining yirik
namoyondalari bo‘lgan Аbdulla Аvloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Аbdurashidxonov «Buyuk xizmatlari uchun»
ordeni bilan mukofotlandi. Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan “jadid.uz”
elektron platformasini yaratish” mavzusi bo‘yicha bajariladigan jadidchilik
harakati, adabiyoti va dramaturgiyasi, jadidlarning milliy til va imlo
masalalariga munosabati keng yoritilgan elektron platforma yaratish bo‘yicha
innovatsion loyihaning dolzarbligi ham aynan ushbu so‘zlarning mazmun mohiyati
bilan belgilanadi. Ilmiy-tadqiqot natijasida jadidchilik harakati, jadid
adabiyoti va dramaturgiyasiga oid manbalar, tadqiqotlar o‘rganiladi, tahlil
qilinadi, jadidchilik harakati zaminida maydonga kelgan o‘zbek matbuotida chop
etilgan manbalar joriy imloga o‘tkaziladi. Bu jarayonda, xususan, jadid
matbuoti rivojlangan bir pallada – “Oyina”, “Inqilob”, “Haqiqat”, “Maorif va o‘qituvchi”
jurnallari, “Sadoyi Turkiston”, “Ishtirokiyun”, “Turkiston”, “Qizil O‘zbekiston”,
“Mehnatkashlar tovushi”, “Farg‘ona”, “Zarafshon”, “Buxoro axbori” kabi
gazetalarida bosilgan adabiy maqolalar, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi
yuzasidan yozilgan manbalarning mazmun-mohiyati o‘rganib chiqiladi.
Аlbatta, bu bilan o‘zbek jadid davriy
matbuotida nashr qilingan manbalar joriy imloga o‘tkazilib, ularning elektron
bazasi yaratiladi, jadidchilik davriga tegishli badiiy, adabiy-ilmiy,
lingvistik, ilmiy-tarixiy muammolarga ilmiy-tadqiqot natijasida oydinlik
kiritiladi. Eng quvonarlisi, milliy til hamda imloga doir manbalarning izohli
bibliografiyasi tuziladi. Biz filologiya fakultetida o‘qiyotgan davrda
jadidchilik harakati haqida bunday maʼlumotlar olish, o‘qish u yoqda tursin, bu
haqida tasavvurga ham ega emasdik. Lekin ushbu loyihani bajarish asnosida
jadidchilik davri adabiyoti, milliy til va imlo masalalarining izohli
bibliografiyasi, ilmiy tadqiqotlar va tabdil qilingan manbalar oliy o‘quv
yurtlari filologiya va jurnalistika taʼlim yo‘nalishlari o‘quv jarayonida hamda
o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda amaliy jihatdan foyda beradi,
jadidchilik davriga oid tabdil qilingan manbalar asli bilan birgalikda maxsus
internet tarmog‘iga joylashtiriladi. Yakuni mahsulot sifatida jadidchilik
harakati bilan bog‘liq barcha voqea-hodisalar, nashr ishlari, o‘sha davr
tarixi, til va adabiyot tarixida jadidchilarning o‘rnini o‘zida aks ettirgan
manbalarning elektron platformasi yaratiladi.
Milliy korpus milliy til xazinasi
demakdir. Undan lingvist, leksikograf, kompyuter lingvistlari, dasturchi,
muharrir, tarjimon, jurnalist, noshirlar, olim, o‘qituvchi, taʼlim oluvchilar
va boshqa har qanday soha mutaxassisi keng foydalanadi. Foydalanishda deyarli
kasbiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaydigan til korpuslari barcha soha vakillarini
birday qiziqtirishi tabiiy. Аyniqsa, ona tili va chet tillarni o‘qitish hamda o‘rganish
borasida korpuslarning o‘rni beqiyos. Bugun dunyo miqyosida til o‘rgatish
tizimi korpuslarga yo‘naltirilayotgani ham fikrimiz dalilidir. Shuning uchun
taʼlim, sheva matnlari, poetik matnlar, og‘zaki, ilmiy, rasmiy matnlar
korpuslari kabi qator mikrokorpuslarning tuzilayotgani eʼtiborga molik. Biroq o‘zbek
tili korpusini yaratish ishlari hanuz ortga surib kelinmoqda edi. Vazirlik
tomonidan eʼlon qilingan tanlovda aynan shu masalaning ilmiy yechimi va yakuni
aniq mahsulotga qaratilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish”
mavzusida amaliy loyiha mavzusi berildi.
2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish
va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son
Farmonida davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining
nutq madaniyatini oshirish sohasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida
«O‘zbekiston milliy qomusi» jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib
borish, 2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta
lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish belgilab qo‘yilganligidan
kelib chiqib, eʼlon qilinayotgan tanlovlardagi mavzular qatoridan “Yangi avlod o‘quv
lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” amaliy loyiha mavzusi ham o‘rin
olgan. Ushbu tadqiqot doirasida umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinflari uchun “O‘zbek
tilining omonimlari o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining paronimlari o‘quv lug‘ati”,
“O‘zbek tilining morfem o‘quv lug‘ati” uslubiy qo‘llanmalari va o‘quvchilarning
mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yangi avlod o‘quv lug‘atlari
va ularning mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha amaliy loyiha bajariladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari sifatida “O‘zbek
tilining omonimlari o‘quv lug‘ati” hamda uch qismdan iborat “O‘zbek tilining
paronimlari o‘quv lug‘ati” yaratiladi. Lug‘atda omonimlar va paronimlar, uning
mohiyati, yuzaga kelish omillari, tilda omonimlarni qo‘llash bilan bog‘liq
jarayonlar haqida maʼlumotlar keltiriladi. “Lug‘at” qismida esa o‘quvchilar
nutqiy kompetentsiyasi darajasiga mos ravishda o‘zbek tilidagi omonimlar va
paronimlar, ularning izohi beriladi. “Mashq va topshiriqlar” bo‘limida o‘quvchilarning
omonimlarni nutqiy farqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida interaktiv
metodlar asosidagi mashq va topshiriqlar keltiriladi. Bunday kompleks o‘quv lug‘atlari
oldin yaratilmaganligi bilan ushbu mavzu sohaning mutlaqo yangi jihatini to‘ldirib
beradi. Yaratilgan mobil ilovada ularni tekshirish imkoniyatlari hisobga
olinadi. “O‘zbek tilining morfem o‘quv lug‘ati” o‘quvchilarda so‘zni tarkibiy
qismlarga to‘g‘ri ajratish imkoniyatini o‘rgatuvchi lug‘at bo‘lib, so‘z va
uning mohiyati, turlanish va tuslanish xususiyatlarini farqlashga xizmat
qiladi. Tadqiqot natijalari asosida so‘zlarning asos va qo‘shimchalarga
ajratilgan lug‘at bazasi maʼlumotlarni ilova etuvchi dasturiy taʼminot,
Internet tarmog‘ida onlayn rejimda ishlaydigan mahsulot − o‘zbek tilining
elektron morfem lug‘ati yaratiladi.
Farmon bilan belgilab berilgan davlat
tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga
integratsiyalashuvini taʼminlash sohasida dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha
ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish, xorijliklar uchun o‘zbek
tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish vazifalari qo‘yilgan edi. Tanlovlarimizda eʼlon qilingan “O‘zbek
tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning metodik taʼminoti bo‘yicha elektron
platforma yaratish” amaliy loyiha mavzusi ham o‘zbek tilini xorijiy til
sifatida o‘qitishning xalqaro standartlar talablariga mos metodik taʼminotining
(til bilishning А1, А2, V1, V2 darajalari uchun darsliklar, lug‘atlar, so‘zlashgichlar,
xrestomatiyalar) elektron platformasi yaratishga qaratilgan.
Loyihani bajarish asnosida taʼlim
oluvchilarda o‘zbek tilining boshlang‘ich А1 darajasiga mos tinglab tushunish, gapirish, o‘qish,
yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan darslik, ushbu darajaga
mos lug‘at minimumi (so‘zlar, iboralar) taqdim etilgan lug‘at yaratiladi,
taʼlim oluvchilarda o‘zbek tilining o‘rta А2 darajasiga mos tinglab tushunish, gapirish, o‘qish,
yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan darslik, ushbu darajaga
mos lug‘at minimumi (so‘zlar, iboralar) taqdim etilgan lug‘at yaratiladi,
taʼlim oluvchilarda o‘zbek tilining sohaga yo‘naltirilgan V1 darajasiga mos
tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan darslik, ushbu darajaga mos lug‘at minimumi (so‘zlar, iboralar)
taqdim etilgan lug‘at yaratiladi, taʼlim oluvchilarda o‘zbek tilining yuqori V2
darajasiga mos tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish malakalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan darslik, ushbu darajaga mos lug‘at minimumi (so‘zlar,
iboralar) taqdim etilgan lug‘at yaratiladi, o‘zbek tilining xorijiy til
sifatida o‘qitishning har bir darajasi mavzulariga mos o‘zbek adabiyoti
namunalari, ularni o‘qib tushunish va qayta hikoyalash bo‘yicha topshiriqlar
jamlangan xrestomatiyalar yaratiladi. Natijada taʼlim oluvchilarning tinglab
tushunishi va to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘zbek
tilining muloqot madaniyatini aks ettiruvchi so‘zlashgichlar, vaziyatli
dialoglar yozilgan audiodisklar to‘plami yaratiladi, taʼlim oluvchilarning o‘zbek
xalqining turmush tarzi bilan yaqinlan tanishishlari uchun urf-odatlarimiz,
milliy madaniy qadriyatlarimiz tasvirga tushirilgan videoroliklar ishlab
chiqiladi, o‘zbek tilining xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha yaratilgan
metodik taʼminoti (darsliklar, lug‘atlar, xrestomatiyalar, so‘zlashgichlar
audiodisklari va videoroliklar) elektron platformaga joylanadi va o‘zbek tilini
xorijliklarga o‘qitishning onlayn o‘quv kursi yaratiladi.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish
vazirligi mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni hamda lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek tilidan to‘liq foydalanishini taʼminlash maqsadida
“Innovative Developers” (www.idev.uz) korxonasi bilan hamkorligida kirill
yozuvidagi matnlarni lotin yozuviga o‘girish imkonini beruvchi dasturiy
taʼminot yaratildi. Bu dastur Word fayllarida ishlaydi hamda matnlarni xatosiz
va formatini buzmasdan u yozuvdan bu yozuvga o‘giradi.
Dasturiy taʼminot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24
avgustdagi «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida»gi Qarori
bilan tasdiqlangan imlo qoidalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur
dastur 2020-yil 21-oktabr sanasida nishonlangan «O‘zbek tili bayrami kuni»
munosabati bilan barcha vazirlik va idoralarga, tashkilot hamda hokimliklarga
beg‘araz taqdim etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ona tilimizni mavqeyini
oshirish, yurtimizda lotin yozuvidagi o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat
tashkilotlari hamda fuqarolarimiz orasida foydalanishni keng targ‘ib qilish va
mavjud noqulayliklarga innovatsion yechim taklif etishdan iborat.
Vazirlik tomonidan nafaqat o‘zbek tilini
har tomonlama tadqiq etishga bag‘ishlangan loyihalar mavzulari eʼlon qilinadi,
balki ko‘p qirrali o‘zbek adabiyoti, shuningdek, o‘zbek tilining boshqa fan yo‘nalishlari
bilan yonma yon tarzda tadqiq etish masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Masalan,
bugungi kunda Namangan davlat universitetida bajarilayotgan “O‘zbek folьklorining veb sayti va mulьtemedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi
amaliy loyiha oldiga qo‘yilgan maqsad o‘zbek folklorining tarixi, taraqqiyoti,
bugungi kundagi milliy madaniyatimizda tutgan o‘rnini targ‘ib etishga
qaratilgan ilmiy to‘plam, veb-sayt va IOS, Android platformalari uchun mobil
ilova yaratishdan iboratdir. Entsiklopedik xususiyatga ega bo‘lgan ushbu loyiha
natijasida o‘zbek folklori tarixi va taraqqiyotini bugungi kun talablari
asosida targ‘ib etishga qaratilgan materiallarni tadqiq etish va ular asosida
ilmiy nashrlarni amalga oshiriladi,- o‘zbek folklorining o‘ziga xos
xususiyatlarini ilmiy tadqiqot, audio va video materiallari orqali namoyish
etish vazifalari qo‘yilgan. Loyiha jarayonida folklorning eng noyob
durdonalarini veb-sayt orqali namoyish etish va mamlakatimizdagi ichki, tashqi
turizm ishlariga ko‘maklashish ishlarini olib boriladi, mustaqillik davrida
ijod qilgan baxshilar, jirovlar, oqinlar, folklor ijrochilari faoliyatiga doir
nashrlarni tayyorlash va ularni veb sayt, multimedia dasturlari orqali muntazam
namoyish qilish, o‘zbek folklorini targ‘ib qilishga qaratilgan IOS va android
platformalari uchun ilova dasturlari yaratish va ular orqali milliy
madaniyatimizni keng targ‘ib etish ishlarini tashkil qiladi.
O‘zbek adabiyotining antologiya kabi
mukammal mahsulot yaratishni maqsad qilib qo‘ygan “O‘zbek adabiyotining ko‘p
tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish”
mavzusidagi amaliy loyiha o‘zbek adabiyotining tarixi, taraqqiyot davrlari,
adabiy jarayonda kechayotgan o‘zgarishlarni va jahon adabiyotida tutgan o‘rnini
targ‘ib etishga bag‘ishlangan ko‘p tilli elektron platforma yaratishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
O‘zbek va sharq tillarini uzviy ravishda tadqiq
qilish, qadimgi qo‘lyozmalarni yurtimizga qaytarish ishlarini tashkil etish
maqsadida “Yevropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan
turkiy qo‘lyozmalarning maʼlumotlar bazasini va “Yevroturcologika.uz” elektron
platformasini yaratish” innovatsion loyiha mavzusi eʼlon qilingan. Loyiha
yakunida Finlyandiya, Gollandiya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Аvstriya kabi Yevropa mamlakatlarida
saqlanayotgan, lekin O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning
maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi, qo‘lyozmalarning ilmiy tavsifi yaratiladi;
- “Yevroturcologika.uz” veb-sayti yaratiladi, Yevropa fondlarida saqlanayotgan,
O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning maʼlumotlar bazasi hamda
“Yevroturcologika.uz” elektron platformasi yaratiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi
iqtidorli yosh olimlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq yosh
olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlovini eʼlon qilgan edi.
Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning
ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tanlovda o‘zbek tilini boshqa fanlar bilan chambarchas tarzda
tadqiqotini olib borish masalasiga misol sifatida eʼlon qilingan “Matematika
fanidan o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillaridagi izohli lug‘at
onlaynplatformasini yaratish” innovatsion loyiha mavzusini keltirishimiz
mumkin. Mazkur loyiha natijasida uzluksiz taʼlim tizimida matematika faniga oid
atamalarning o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillaridagi izlohli lug‘atlar bazasi
yaratish, onlayn-platformaga bosqichma-bosqich ravishda matematika faniga oid
atamalarning tushuntirishning animatsion (video) fayllari joylashtirib borish,
matematika faniga oid atamalarning o‘quv-uslubiy taʼminoti yaratish,
onlayn-platformaning mobil ilovasi yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Vatan, xalq
kelajagi, o‘zlikni anglash, o‘z ona tilisining sofligini taʼminlash yo‘lida
ogoh, fidokor bo‘lmaslik mumkin emas, bu har bir inson umrining asosiy mazmun
va mohiyatini tashkil qiladi. Bu daʼvatkor so‘zlar hech vaqt o‘z ahamiyatini
yo‘qotmaydi, chunki qadriyati mustahkam xalqimiz tilimizga eʼtiborini hech ham
susaytirmaydi. Hamma vaqt zamonaviy bo‘lib yashayveradi. Vatanimiz
mustaqilligini mustahkamlash borasida hali ko‘p ishlar oldinda turgan hozirgi
vaqtda bu shiorga qayta-qayta murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.
Noibaxon Mamadalieva,
Innovatsion rivjlanish
vazirligi Ilmiy kotibi, fil.f.d.
mininnovation.uz saytidan olindi