"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Alisher Navoiy "kashf qilgan" zamonaviy besh texnologiya

ESKALATOR

"Sabʼai sayyor" dostonida Zayd haqidagi hikoya keltiriladi. Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qo‘ysa, zinaning o‘zi uni taxtga olib chiqib qo‘yadi.


TELEVIZOR

"Farhod va Shirin" dostonida "jomi Jamshid" haqida gap boradi. U to‘rt yuzdan ortiq olim tomonidan kashf qilingan bo‘lib, insonda xohlagan odamini istagan vaqtda ko‘rsata olgan.


ROBOTLAR

Farhod Yunonistonga safar qilganda u yengishi kerak bo‘lgan to‘siqlardan biri temir odamlar edi. Temir odamlarning eng kuchlisi ko‘ksida ko‘zgu bo‘lib, Farhod yoyi bilan ana shu ko‘zguni nishonga olishi kerak. Agar u nishonga to‘g‘ri ursa, markazdagi temir odamning atrofidagi yuzlab odam ham u bilan birga yiqiladi.


OLOVGA QARSHI MAXSUS YOG‘

Dostonda Farhod uchun yana bir mushkul vazifa – og‘zidan o‘t sochuvchi dahshatli dev Ahrimanni yengish edi. Donishmand Suhaylo butun umri davomida tog‘dagi giyohlardan olovga qarshi yog‘ yig‘adi. Farhod Ahrimanga qarshi jangga chiqishdan avval o‘zi va otining tanasiga ana shu yog‘ni surtadi. Natijada olov unga taʼsir qilmaydi. Bugungi kunda biz filmlarda yonayotgan holatda yugurayotdan aktyorlarni ko‘ramiz. Aktyorlar tanasiga maxsus yog‘ surib olishgani uchun ularga olov hech qandan taʼsir qilmaydi.


TELESKOP

Fanda teleskop XVII asrda Galileo Galiley tomonidan kashf etilgan. Navoiy dostonida esa u yerdan osmonni kuzatuvchi qurilma emas, osmondan yerni kuzatuvchi qurilma – nuj sifatida tasvirlangan.


kitobt.uz saytidan olindi

02.02.2021 849