"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maqolalar
  • Tashqi reklama materiallari davlat tilida hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim

Tashqi reklama materiallari davlat tilida hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim

Bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 21-oktyabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilinishining o‘zi bu borada hech bir izohga o‘rin qoldirmasa kerak. Tilimiz mavqeyini tubdan oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni doirasida boshlangan ishlar esa tom maʼnoda davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida o‘z aksini topmoqda.

Ammo, afsuski, tilimiz taraqqiyotiga xizmat qilish yo‘lida hamon masʼuliyatni his etmaslik, milliylik, boringki, davlat siyosatiga panja ortidan qarash holatlari uchrab turibdi.

O‘zingizga yaxshi maʼlum, poytaxt mamlakatning yuzi. Unda millatning ming yillik anʼanalari zamonaviy turmush bilan uyg‘unlashadi. Hududlar ham poytaxtdagi o‘zgarishlardan andoza olib o‘zgaradi, rivojlanadi. Ammo bugungidek, har qadamda boshqa tilda osilgan reklamalar, undagi yozuvlarda til qoidasining qo‘pol buzilishlari ushbu rivojlanish uchun andoza bo‘lmasligi kerak.

Respublikamizda jami 10 mingdan ziyod tashqi reklama osadigan qurilmalar bor. Shularning 7 mingda ortig‘i poytaxtimizda joylashgan. Bu esa butun mamlakat tashqi reklama bozorining 70 foizi Toshkent shahirda joylashganligidan dalolat beradi.

Demak, tashqi reklama bozorini tartibga solish ishlarini Poytaxtimizdan boshlashi darkor.

Mutasaddi davlat organlari tomonidan o‘tkazilgan xatlovlari natijasida Toshkent shahridagi tashqi reklama konstruksiyalarining 45 foizida kamchilik aniqlandi. Va bu faqat texnik talablarga ko‘ra! Til qoidalariga ularning deyarli hech biri javob bermaydi. Bu esa butun mamlakat tashqi reklama bozorining 70 foizi joylashgan poytaxtda tashqi reklama konstruksiyalari hamon tartibsiz o‘rnatilayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan reklamani noto‘g‘ri deb topish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari qabul qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tuzilmasidagi “Arxitektura-rejalashtirish byurosi” davlat unitar korxonasi tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tizimli monitoring qilish, ularni noqonuniy joylashtirish holatlarini aniqlash va tegishli chora ko‘rish uchun vakolatli organga takliflar kiritish vazfasi yuklatilgan.

Biroq, tashqi reklamalarni joshlashtirishda reklamadagi til qoidalarini ko‘rib xulosa beruvchi hamda joylashtirilgan tashqi reklamalarni monitoring qilib, undagi yozuvlarda til qoidasining qo‘pol buzilishlari holatlarini aniqlanganda, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish huquqiga ega vakolatli organ mavjud emas.

Biz mazkur vakolatli organni tashkil etib, tashqi reklama bozorini cheklab qo‘yish tarafdori emasmiz. Lekin tashqi reklamani joylashtirishda reklamadagi yozuvlar til qoidalariga mosligi bo‘yicha kerakli xulosa berishi orqali yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etilishi tarafdorimiz. Chunki, tashqi reklmadagi yozuvlarni til qoidalariga zid bo‘lishiga sabab reklama beruvchining davlat tilini yaxshi bilmaganligi ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda biz taklif qilayotgan vakolatli organ tashqi reklama joylashtirishda reklamadagi yozuvlar til qoidalariga mosligi bo‘yicha xulosa berishi lozim bo‘ladi.

Reklamadagi yozuvlar til qoidalariga mosligi bo‘yicha kerakli xulosa berishi hokimliklardagi til masalalari bo‘yicha maslahatchilarga vazifa qilib yuklash orqali til sohasida kutilayotgan samaradorlikka erishishimiz mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, jamiyatimizning har bir sohasida Ona tilimizga hurmat bilan qarashimiz lozim. Zero, ajdodlarimizdan meros qilib olgan tilimizni bus-butunligicha kelajak avlodlarga qoldirish bizning yuksak burchlarimizdan biri bo‘lib hisoblanadi.

 

X.Abduraimov,

Davlat xizmatlari agentligi

bo‘lim boshlig‘i

10.03.2021 671