"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

ONA TILIM!

Tinglasang gar erta sahar bulbul nolasin,

Yoqimli kuy, ovozi-la etadi shaydo.

Anglagaysan bir on tinglab ona allasin,

Goʻzal tilim jozibasi undan-da aʼlo!


Eshit doʻstim, jilgʻalarning mayin sadosin,

Shildir-shildir shoʻx sozi-la etar qalbing rom.

Tingla, ey yor, dildan xalqim nazm-u navosin,

Ona tilim kalomidan olarsan orom!


Koshgʻariyni choʻl-u dashtda qilding sargardon,

Bebaho dur-javharlaring aqlin etmish lol.

Navoiyni dunyolarga etding namoyon,

Dono tilim, bebahosan, topma hech zavol!


Butun dunyo durlaridan tizilgan marjon, 

Tenglasholmas sen yaratgan injularingga.

Alishmasman qancha boylik boʻlmasin, ishon.

Qalbga orom, dilga malham ona tilimga!


Tomirimda oqib turgan obi hayotsan,

Bilsang agar, sen gʻururim, orim, nafasim.

Nirday aziz, jonga Masih bir dildorimsan,

Qadring baland boʻlaversin, ey ONA TILIM!


Muhabbat Jumaniyazova,

Ogahiy ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

26.10.2021 597