"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Omikron, “omikron” yoki Omicron?

Hozir koronavirusning eng keng tarqalayotgan shtammi mana shu – omikron. U turli nashrlarda turlicha yozilyapti. Аslida (https://t.me/oriftolib/1745) qanday yozish kerak?


Omikron yunon alifbosining 15-harfi. Koronavirusning oldingi shtammlari ham yunon alifbosi harflari bilan nomlangan (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D1%82%D0%B0%D0%BC%D0%BC%D1%8B_SARS-CoV-2).


Аlfa, beta, gamma, delta, omikron kabi soʼzlar bu oʼrinda koronavirusning variantini anglatyapti. Shu sababli ularni kichik harflarda va qoʼshtirnoqsiz, hech qanday chiziqchasiz yozish kerak. Shtammlar imlosi navlar (https://t.me/oriftolib/1716) imlosiga oʼxshaydi. Shtamm atoqli ot emas, yoki sarlavha emas. Ilmiy matnlardagina soʼzni qoʼshtirnoqda va bosh harfda berish mumkin. Chunki bunday matnlarning oʼziga xos talab va asoslari bor. Ommaviy axborot vositalari, telegram kanallar va oddiy yozishmalarda bu shaklda yozmagan toʼgʼri.


Soʼzni inglizcha shaklda berish ham xato emas. Ingliz tili ilmiy jabhada ham xalqaro til sanaladi. Koronavirus nomini COVID-19 deb yozganimiz kabi shtamm nomini Omicron deb ham yozsa boʼladi. Bu oʼrinda kasallikning xalqaro ilmiy nomi berilyapti deb qabul qilinadi.


Bu soʼz savdo belgisi, korxona yoki tashkilot nomi boʼlmagani uchun uni aslidagiday berish shart emas. Shu sababli omikron shaklida yozish tarafdoriman.


📌 Demak:


Omicron shtammi ✅

Omicron-shtammi ❌


Manba: 👉 https://t.me/oriftolib


15.01.2022 460