"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maqolalar
  • Majburiy ijro byurosida ish yuritish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida amalga oshirilmoqda

Majburiy ijro byurosida ish yuritish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida amalga oshirilmoqda

Majburiy ijro byurosi organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda Byuro organlarida ish yuritish davlat tilida amalga oshirilib, barcha ichki va idoralararo hujjatlar va yozishmalar o‘zbek tilida rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblangan o‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

So‘nggi yillarda o‘zbek tiliga e’tibor tobora oshib bormoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va nufuzini oshirish bo‘yicha bir necha vazifalar sanab o‘tilgani, mazkur dolzarb masalaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida bir nechta normativ hujjatlar qabul qilinganligi ham buning yaqqol isbotidir.

Shu tilda ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratilib kelinmoqda. Til – millatning ma’naviy xazinasidir. Til nafaqat so‘zlashuv, muomala vositasi, balki xalqning urf-odati, turmushi, kechagi kuni va ertangi kelajagi hisoblanadi.

Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda. Davlat tilimiz orqali jahon minbarlarida o‘z so‘zimizni aytib kelmoqdamiz.  Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi tarixiy voqeaga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Turkiy tillarning oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning intilishlari, dard-u hasratlari, zafarlari va g‘alabalari bilan bevosita bog‘liqdir.

Demak, har birimiz o‘z ona tilimizga e’tiborli bo‘lishimiz, uni ardoqlashimiz, kelajak avlodga nafosat va nazokatli tilimizni butun go‘zalliklari bilan yetkazishimiz lozim. Bu ish bugungi avlodning kelajak avlod oldidagi eng muqaddas burchidir.

Bu borada Majburiy ijro byurosi organlarida xizmatni o‘tayotgan xodimlarga o‘z xizmat faoliyatini amalga oshirishda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va o‘zbek adabiy tili qoidalariga qatʼiy amal qilish, shu jumladan hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘zbek adabiy tili imkoniyatlaridan keng foydalanish, so‘zlarni o‘z o‘rnida va to‘g‘ri qo‘llash, grammatik, imloviy va stilistik qoidalarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash vazifalari yuklatilgan.

15.01.2022 742