- Bosh sahifa
- Maqolalar
- Ona tilim – faxrim, iftixorim !
Ona tilim – faxrim, iftixorim !
Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili –
millat ruhi, or-nomusi.
Maʼlumki, bugungi kunda ingliz tili xalqaro muloqot
tillarining asosiylaridan biri hisoblanadi. U hayotimizning har bir jabhasiga
kirib borgan va siyosiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etishni osonlashtiradi,
desak adashmagan boʻlamiz. Biroq har bir mamlakat oʻz tilini saqlab qolishga
harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni oʻziga xos qiladi va boshqa
mamlakatlardan ajratib turadi.
Darhaqiqat, til –millat tafakkurining bebaho mahzani,
ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbek tilining mavqeini yuksaltirish oʻsib kelayotgan
yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida
tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash
hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida 2020-yil 20-oktyabrda
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek
tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-son Farmoni bilan 2020-2030-yillarda
oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi,
2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi,
2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.
2020-yil 10-aprelda esa Davlatimiz rahbari tomonidan
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasining Qonuni imzolanib, 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni etib
belgilandi.
Mazkur Qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash,
davlat tilida ish yuritish asoslari hamda takomillashtirilishini taʼminlash
masalasida 11 marotaba tashkil etilgan maʼrifiy va maʼnaviy tadbirlar tashkil
etildi.
Jumladan,Byuroning markaziy apparatida joriy yilning
11-mart amaliy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda, ona tili shunchaki soʻzlashuv vositasi emas,
balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida
avlodlarimizga izzat ramzi ekan va bu kabi tadbirlarni hududiy boshqarmalarda
ham davom ettirish lozimligi haqida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “Har birimiz
davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat
tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz,
shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim. Shunday ekan, ona
tilimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va
umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qoʻshishda har
birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak. Zero, til bor ekan,
millat barhayotdir.
Bekzod
Xujamuratov
Majburiy ijro byurosining
boshqarma
katta inspektori