"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilinmoqda


O‘zbekiston Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan hozirda qator xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, quyidagi xalqaro standartlar:

 - ASTM D 512 “Suvdagi xlorid ionlari uchun standart sinov usullari”;

 - ASTM D 1426 “Suvdagi ammiak azotining standart sinov usullari”;

 - ASTM D 3977 “Suv namunalarida cho‘kma konsentratsiyasini aniqlash uchun standart sinov usullari”;

 -ISO 8637-2 “Qonni tozalash uchun ekstrakorporal tizimlar. Gemodializatorlar, gemodiafiltrlar va gemofiltrlar uchun ekstrakorporal qon aylanishi”;

 - EN 1288-1 “Binodagi shisha - Shishaning egilish mustahkamligini aniqlash. Shishani sinash asoslari”; -  shular jumlasidan.

O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan ikkinchi chorak davomida 3 ta davlat tilida Davlat standarti ishlab chiqilib, 98 ta xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilindi.

 

O‘zTTSA O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati

07.07.2022 389