"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tilimizning 3000 yillik tarixini tasdiqlovchi manbaa mavjud


    Maʼlumki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 73-maqsadida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida buyuk ajdodlarimizning ilmiy, falsafiy, maʼnaviy-axloqiy, maʼrifiy-tarbiyaviy asarlari va qo‘lyozmalarini tadqiq qilish, ularni milliy hamda xalqaro darajada keng targ‘ib etish va ommalashtirish, nodir manba va qadimiy qo‘lyozmalar asosida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar ijrosini taʼminlashga ko‘maklashish belgilangan.


    Shundan kelib chiqqan holda har yili “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan har yili tarixiy shaxslar ulug‘ allomalar asarlarini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi.

    Ushbu amaliy tadbirlarning navbatdagisi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etildi. Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi aʼzolari, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Xitov Xalq Respublikasining xorijiy davlatlar bilan madaniy almashinuv masalalari assotsiatsiyasi” hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbati Yusuf Xos Hojib tavalludining 1000 yilligiga bag‘ishlanib, unda Yusuf Xos Hojibning asarlari mazmun-mohiyati haqida maʼruzalar, fikr va mulohazalar tinglandi.


    Qayd etilganidek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari tilimizni 3000 yillik tarixga ega ekanligini belgilab beradigan manbaa va turkiy olamning noyob durdonasi hamdir. Ushbu asarda qo‘llanilgan so‘zlarni hozirgi isteʼmolga qo‘llash bu tilimizni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi. O‘tgan asr chet el olimlari orasida “Qutadg‘u bilig” bilan eng ko‘p shug‘ullangan va katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan olim venger sharqshunosi Xerman Vamberi bo‘ldi. Uning eʼlon qilgan asari “Qutadg‘u bilig”ni butun Yevropaga tanitdi va u yerda bu asarning jiddiy o‘rganilishi uchun keng yo‘l ochib berildi. Asarni o‘rganish va uni targ‘ib qilishda Yusuf Xos Hojibning badiiy mahorati va turkiy xalqlar adabiyoti tarixida tutgan o‘rnini beqiyosdir. Shu bilan birga bu asar haqiqatda ham yorqin ifodalangan falsafiy, ijtimoiy hamda ahloqiy muammolarning katta doirasini qamrab olgan asar hisoblanadi.

    Davra suhbatida so‘zga chiqqan maʼruzachi va olimlar xulosasiga ko‘ra bugungi kunda tilimizni boyitish juda katta ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan yangi so‘zlarni ixtiro qilmasdan Yusuf Xos Hojibning asarlarida qo‘llanilgan so‘zlarning aksariyati bugungi kunda jamiyatimizda isteʼmolga xos va mos so‘zlar ekanligini inobatga olib, ayniqsa muloqot madaniyatida isteʼmolga ana shu so‘zlarni kiritish lozimligi aytib o‘tildi.

    Shu bilan birga davra suhbati yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamkorlik uchun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga minnatdorlik bildirib, Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus qo‘llanma yaratishda, uning pand-nasihatlarini yosh avlodga yetkazishda va bunday tadbirlarni davomiyligini taʼminlashda hamkorlik masalalariga ham eʼtiborni qaratdi.  

manba

 

24.10.2022 470