"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘ZBEK TILI BAYRAMI OLDIDAN

“Gilgamish” (“Bilgamish”) dostoni – yer yuzida insoniyat yaratgan eng qadimgi dostonlardan biri  bo‘lib, shumerlarning eramizdan avvalgi XVIII-XVI asrlarda yashagan Uruk shahri hukmdori Gilgamish haqidagi qahramonlik eposidir. Xalqimizning “Alpomish”, “To‘xtamish” kabi dostonlari ham shunday ruhdagi asarlar sirasiga mansub.

Ushbu doston ikki tilda – shumer va akkad tilida sopol lavhlarga bitilgan. Qadimshunos olimlar uning qaysi biri avval yozilgani haqida bahslashishadi. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, akkad (qadimgi yahudiy) tilidagi doston shumerlarning og‘zaki dostonlari asosida yaratilgan.

“Eramizdan avvalgi XVIII-XVI asrlar” bu – hozirgi kundan 3600-3800 yil avval degani. Buncha yilning nimaligini tushunib olish uchun hech bo‘lmasa davlatlar tarixiga nazar solish kerak. 

Elam davlati – eramizdan avvalgi 3200 yillar (hozirgi Eron hududida).

Misr – eramizdan avvalgi 3000-yil.

Van-lang, eramizdan avvalgi 2897 yil. (hozirgi Vyetnam). 

Shan In, eramizdan avvalgi 1600 yil (Xitoy). 

Kush, eramizdan avvalgi  1070 yil (Sudan). 

Shri-Lanka, eramizdan avvalgi 377 yil. 

Chin, eramizdan avvalgi 300 yil (Koreya). 

Iberiya, eramizdan avvalgi 299 yil (Gruziya). 

Yamato, eramizning 250-yili (Yaponiya).  

Buyuk Bulg‘oriston, eramizning 632 yili (Bolgariya). 

Ko‘rinib turganidek, “Gilgamish” dostoni ro‘yxatdagi barcha davlatlardan ham qadimiyroq.

Endi esa, doston tili bilan o‘zbek tilini solishtirib ko‘ring.

Isajon SULTON,
Innovatsion rivojlanish vazirining maslahatchisi


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!
Bizning manzil:

http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

08.09.2020 1091