"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Yashnobod tumani hududida joylashgan ta’lim muassasalarining davlat tiliga rioya qilish holati oʻrganildi

Yashnobod tumani hududida joylashgan ta’lim muassasalarining davlat tiliga rioya qilish holati oʻrganildi

Yashnobod tumani hududida joylashgan ta’lim muassasalarining davlat tiliga rioya qilish holati oʻrganildi

Mamlakatimizda davlat tiliga rioya etilishi, xususan davlat tashkilotlarida ona tilimizning samaradorligini ta'minlash yuzasidan bosqichma-bosqich ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Yashnobod tumani hududidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi peshlavhalar va hikmatli iqtibos so‘zlarning qonun hujjatlariga mos ekanligini o‘rganish, aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Akmal Ro‘zitoev, Yashnobod tuman hokimining maslahatchisi Ozoda Bekmurodova va MTT vakili Nargiza Ismoilova bilan birgalikda Yashnobod tumanida joylashgan №329, № 92, №93, № 129, № 237 maktabgacha ta'lim tashkilotlarining peshlavha yozuvlarining holati va Davlat tili to‘g‘risidagi qonun-hujjatlariga mosligi bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganish davomida MTTlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, tashkilot xodimlari bilan suhbatlashildi. “Davlat tili haqidagi” Qonun, Davlat tili bilan bogʻliq farmon va qarorlarning mazmun mohiyati va bugungi kun talablaridan kelib chiqib faoliyat olib borish lozimligi ta’kidlandi.

“O‘zini, ota onasini, jajji o‘rtoqlarini hurmat qilgan bola o‘z ona tilini ham hurmat qilishi kerak va lozim ekanligini murg‘ak dilbandlarimizga sur'atlar, bolalar shoirlarining she'rlaridan namunalar asosida singdirish kerak” - dedi Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Akmal Ro‘zitoev.


Keyingi o‘rganish ishlarida Yashnobod tumani hududiga kiruvchi, markaziy ko‘chalardagi tashqi reklamalar, e'lonlar, peshlavhalar, to‘yxona va kafelarning nomlari ham ko‘rib chiqilishi rejaga kiritilgan.


Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tuzilmasidagi “Arxitektura-rejalashtirish byurosi” DUK bilan o‘rnatilgan hamkorlikka asosan, Toshkent shahrida reklama agentliklari, reklama ustunlari va ekranlari soni, ularning holati yuzasidan muloqot olib boriladi hamda kelgusidagi hamkorlik rejalari kelishib olindi.

Ozoda Bekmurodova,
Yashnobod tuman hokimining maslahatchisi

Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!

Bizning manzil:
http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

21.08.2020 1002