"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • «O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovi e'lon qilinadi

«O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovi e'lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi «O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, oliy ta'lim muassasalarida o‘zbek tilining o‘qitilishini takomillashtiruvchi ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirishdan iborat.

Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy, uslubiy, ijodiy ishlar qabul qilinadi:

👉 filologik yo‘nalishlarda – sohaga aloqador tilshunoslikning nazariy hamda amaliy dolzarb muammolari va ularning yechimiga qaratilgan ishlar, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zamonaviy kadrlar tayyorlash istiqbollari, o‘zbek tilini rivojlantirish masalalari;

👉 nofilologik yo‘nalishlarda – o‘zbek tilining sohaviy terminologiyasi va ularni sohalarga bog‘lab amaliy intensiv o‘qitish hamda baholash metodikasi, sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish hamda sohaviy ish yuritishni takomillashtirish istiqbollari;

👉 metodik yo‘nalishda – o‘zbek tilini intensiv o‘qitishning zamonaviy samarali metodlari va baholash mezonlari, o‘zbek adabiy tilining orfoepik, orfografik va uslubiy me'yorlarini o‘qitish va baholash metodikasi.

Respublika tanlovi har bir yo‘nalish bo‘yicha quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

1. Eng yaxshi darslik;

2. Eng yaxshi o‘quv qo‘llanma;

3. Eng yaxshi uslubiy qo‘llanma.

Tanlovga ilmiy, uslubiy, ijodiy ishlar 2020-yilning 20-avgustidan – 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlarni ko‘rib chiqish va baholash – 10-oktyabrgacha.

🔹G‘oliblarni taqdirlash – 20-oktyabrgacha amalga oshiriladi.

🔹Ijodiy ishlar metodika@edu.uz elektron manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida;

2-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobari miqdorida;

3-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida.

Tanlov yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlarni www.til.gov.uz saytidan, vazirlikning https://t.me/eduuz telegram kanalidan yoki tashkiliy qo‘mitaning (71) 246-16-24 telefoni orqali olishingiz mumkin.

Tanlov nizomi haqida batafsil ma'lumot:
http://til.gov.uz/uz/literature/guide/4


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!

Bizning manzil:
http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

22.08.2020 605