"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilini himoya qilish barchamizning burchimizdir!

O‘tgan hafta Davlat rahbarining Toshkent shahri Bektemir tumanidagi “Bektemir metall konstruksiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati zavodiga tashrifi jarayonida aholi yashash punkti ko‘rsatkichida imlo xatoga yo‘l qo‘yilganligi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tanqid qilinishiga sabab bo‘lgan edi.

Yo‘l qo‘yilgan xatolikni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahri va Bektemir tumanining masʼul xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bugun kamchilik bartaraf etildi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, Davlat tili uchun qayg‘urgan tilimiz jonkuyarlariga masalaga befarq bo‘lmasdan, hamkorlik va hamjihatlikda ishtirok etaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Hurmat bilan,
“Bektemir metall konstruksiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati

26.08.2020 689