"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Koreya Respublikasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Koreya Respublikasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillar universitetida "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan tayyorlangan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan taqdimot chog‘ida O‘zbekistonda milliy o‘ziga xoslik va mustaqillikning ramzi bo‘lgan davlat tili sifatida o‘zbek tilining o‘rni va obro‘sini oshirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. O‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy boyligini aks ettiradi va mamlakatning zamonaviy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy va madaniy rivojlanishi uchun muhimdir.

Xankuk universiteti Markaziy Osiyo tillari kafedrasi professori Li Ji In taqdim etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” nusxalari uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu nashr talabalarga dunyodagi eng boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili so‘zlari ma’nolarini tushunishda katta yordam berib, o‘qituvchilar tomonidan yangi ta’limni rivojlantirishda faol foydalanilishini ta’kidladi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar kengayib borar ekan, koreys yoshlari orasida o‘zbek tiliga qiziqish tobora ortib bormoqda. Hozirgi kunda universitetimizda 20 nafar talaba o‘zbek tilini o‘rganmoqda. Kelgusida ular xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonaman, – dedi Li Ji In.


SEUL, 26 avgust. /«Dunyo» AA/.

27.08.2020 922