"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Xorazm viloyatida Davlat tili haqidagi qonun talablari ijrosi ta'minlanmoqda

Urganch shahar hokimining davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Samandarova tomonidan shaharning markaziy ko‘chasi Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan 45 ta tadbirkorlik obyektlaridagi tashqi yozuvlarning Davlat tili qonuni talablariga mosligi o‘rganildi.


Bugungi kunda karantin cheklovlari yumshatilishi bilan obyektlar faoliyati birin-ketin yo‘lga qo‘yilmoqda.


O‘rganilgan obyektlarning ayrimlarida tashqi yozuvlarda xato va kamchiliklar borligi aniqlandi. Jumladan, sug‘urta kompaniyasi, uy jihozlari, qurilish mollari va oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish, go‘zallik markazlarining peshlavhalaridagi yozuvlarida uchragan xatoliklar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

 

Urganch shahar hokimligi Axborot xizmati


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!


Bizning manzil:

http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

10.09.2020 662