"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘rganishlar davom etmoqda

Mamlakatimizda milliy tilimizning rivoji va ravnaqi, davlat tili sifatida barcha jabhalarda mustahkam o‘rin egallashiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu vaqtga qadar bu borada bir qancha samarali ishlar amalga oshirilib, xalqimizga, qolaversa, tilimiz fidoyilari, jonkuyarlari, va til mutaxassislariga ham keng imkoniyatlar yaratildi.

Bugun Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi, Yakkasaroy tuman hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tuman Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi rahbari tomonidan tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasi atrofida bir qator savdo shoxobchalari, do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish uylari va ko‘cha yuziga ilingan har xil mazmundagi reklama bannerlari, eʼlonlar va peshlavhadagi yozuvlarning holati va Davlat tili to‘g‘risidagi qonun va hujjatlarga qanchalik mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Shota Rustaveli ko‘chasi atrofida turli xildagi savdo bilan shug‘ullanuvchi 10 nafardan ortiq tadbirkorlar, sotuvchilar bilan uchrashib, “Davlat tili haqida”gi Qonun va yuqorida keltirilgan Farmon va qarorlarning mazmun mohiyati va bugungi kun talablaridan kelib chiqib faoliyat olib borish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, reklama beruvchi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning vakillari bilan muntazam tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi.


Manba: Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

16.09.2020 715