"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tili bayrami kuni belgilanishi kutilmoqda

24-mart kuni Oliy Majlis Senatining 3-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Xususan, Senat a’zolari tomonidan kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilindi.

Qonun ijtimoiy hayot va xalqaro maydonda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishga, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’analar va qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Qonun bilan 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanmoqda.

25.03.2020 551