"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yunusobod tumanida o'rganish ishlari olib borildi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Yunusobod tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Mahkamov va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari S.Axmadaliyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarori hamda 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent Metropoliteni Yunusobod yo‘lining Turkiston, Yunusobod, Shahriston, Bodomzor va Abdulla Qodiriy bekatlari, Chilonzor yo‘lining Amir Temur bekatlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatma xatlari yuborildi. Kamchiliklarni tuzatish uchun muddatlar belgilandi.


A.Mahkamov, Yunusobod tuman hokimining maslahatchisi

23.09.2020 821