"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Yunusobod tumanida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi

Yunusobod tumanida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.
Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qatmak millatning ruhini yo‘qatmakdir”. Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida ishlashimiz zarur.
2020-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga o‘ttiz bir yil to‘ladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining toboro ortib borayotganini hisobga olib hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligini munosib nishonlash maqsadida Yunusobod tuman hokimligi hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Mahkamov ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro'zitoyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari shoir N.Aminjonov, D.Rajabov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibot guruhi aʼzosi, Falsafa fanlar doktori, professor S.Tuychiyeva hamda O‘zbekiston drama teatri aktyori S.Mansurov o‘z maʼruza va chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbirni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishida mehmonlar o‘z ijod namunalarida o‘qib, o‘zbek tilining imkoniyatlari haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

A.Mahkamov,
Yunusobod tumani hokimining maslahatchisi

24.09.2020 742