- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy
yilning 22-sentyabr kuni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida markaziy apparat xodimlari
uchun “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “Davlat tilida ish yuritish”
kitoblarining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning kirish qismini Qo‘mita
raisining birinchi o‘rinbosari Olimjon Hakimov boshlab berib, tadbir
ishtirokchilari bilan tanishtirdi. Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini
rivojlantirish departamenti mudiri, professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev bu yili
ilk bora nishonlanadigan “O‘zbek tili bayrami” kunining ijtimoiy, siyosiy,
huquqiy jihatlari haqida gapirdi.
Davlat
tiliga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilayotgani, qabul qilinayotgan
meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi
vazifalar haqida fikr bildirdi. Departament tashabbusi bilan davlat tiliga oid
chop etilib, barcha vazirlik, tashkilot va idoralarga bepul tarqatilayotgan
kitoblar, ularning har bir sohada hujjat yuritish jarayonida foydalanish
qulayligi, ahamiyatli ekanligini aytib o‘tdi. O‘zbekistonining xorijiy
mamlakatlardagi elchixonalarida ham mazkur kitoblarning taqdimoti katta qiziqish
va faxr bilan o‘tkazilayotganligini taʼkidladi.
Vazirlar
Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentida bosh mutaxassisi
Rustam Mirvohid ham tilimizning naqadar boy, betakror, serjilo qirralari,
davlat tiliga eʼtibor, uni rivojlantirish, yuksaltirish har bir fuqaroning
sharafli burchi ekanligi haqida gapirdi.
Tadbir
yakunida mazkur kitoblarning Qo‘mita boshqarma va bo‘limlariga topshirish
marosimi o‘tkazildi. Qo‘mita rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilariga
esdalik sovg‘alari topshirildi.
Malika Abduhakimova,
O‘rmon
xo‘jaligi qo‘mitasi raisining maslahatchisi