"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi

AQShning Nyu-York shahrida o‘zbek tilida ham o‘qitiladigan maktab ochildi. 

“Ziyo Art” nomli o‘zbek maktabi Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida (AQSh) ish boshladi. Uning rasmiy ochilish marosimi 2020-yil 19-sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.

Bosh konsulxona ma'lumotlariga ko‘ra, maktab "16-Avenue O, Brooklayn NY 11204" manzilida joylashgan bo‘lib, “O‘zbek tili va adabiyoti”, «Odobnoma», “Tasviriy san'at”, «Shaxmat» va «Matematika» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi:

Darslar shanba va yakshanbada o‘zbek tilida O‘zbekistondan olingan maxsus o‘quv materiallaridan foydalangan holda malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchilar tanlov asosida saralab olingan.

Bosh konsulxona O‘zbekiston Hukumati nomidan o‘zbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi.


Manba: darakchi.uz


24.09.2020 720